Ertaga “TASHKENT BOOK FEST – 2019” – I Toshkent xalqaro kitob koʻrgazma-yarmarkasi boshlanadi


Post Views:
413

Shu yilning 2-4-oktyabr kunlari “TASHKENT BOOK FEST – 2019” – I Toshkent xalqaro kitob koʻrgazma-yarmarkasi boʻlib oʻtadi. Bu haqda AOKA xabar berdi.

Oʻzbekistonda ilk marotaba oʻtkazilayotgan ushbu yirik madaniy tadbirda yetti mamlakat — Buyuk Britaniya, Germaniya, Qozogʻiston, Koreya, Qirgʻiziston, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya davlatdan 16 ta nashriyot va kitob savdo tashkilotlari vakillari ishtirok etadilar.

Shuningdek, Oʻzbekistondagi elchixona va xorijiy kompaniyalar, xususan, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi, Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi, Koreya Respublikasi elchixonasi, Toshkent shahridagi Gyote instituti vakillari ham koʻrgazma-yarmarka ishtirokchilari boʻlishadi. Bundan tashqari, Oʻzbekistondagi 30dan ortiq davlat va xususiy nashriyot hamda kitob savdo tashkilotlari ham mahsulotlarini namoyish etadilar.

Koʻrgazma doirasida qiziqarli kitoblar taqdimotlari, mushoiralar, intelektual oʻyinlar, adiblar bilan ijodiy uchrashuvlar, adabiy viktorinalar, davra suhbatlari hamda mahorat darslari tashkil etish rejalashtirilgan.

Xalqaro kitob koʻrgazma-yarmarkasi “Oʻzekspomarkaz” (Atrium)da boʻlib oʻtadi. Kirish – bupul.

https://shosh.uz/uz/ertaga-tashkent-book-fest-2019-i-toshkent-xalqaro-kitob-kurgazma-yarmarkasi-boshlanadi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x