ERITREYa

ERITREYa, Eritreya Davlati — Shim. Sharqiy Afrikadagi davlat. Qizil dengizga tutash. Mayd. 117,6 ming km2 ga yaqin. Aholisi 4,465 mln. kishi (2002). Poytaxti — Asmera shahri Maʼmuriy jihatdan 8 provinsiya (rgoutse)ga boʻlinadi.

Davlat tuzumi. Eritreya — mustaqil davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1997 yil 24-mayda qabul qilingan. Davlat boshligʻiprezident (1993-yildan Isayyas Afevork), u Milliy assambleya tomonidan saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident boshchiligidagi Davlat kengashi (hukumat) amalga oshiradi.

Tabiati. Eritreya hududining katta kismini togʻli Eritreya platosi (eng baland joyi 2989 m, Soira togʻi) egallagan; jan. sharqida Afar soyligi joylashgan. Iqlimi subekvatorial, choʻl iqlim. Yillik oʻrtacha t-ra 23° dan 37° gacha, eng yuqori t-ra 45° (Yerning eng issiq r-nlaridan biri). Yillik yogʻin 50— 200 mm. Oʻsimliklari choʻl va chala choʻl oʻsimliklaridan iborat.

Aholisi. Eritreyada tigrai, tigre, afar, saxo va boshqalar xalqlar yashaydi. Rasmiy tillar — tigrai va arab tillari. Dindorlari, asosan, xristianmonofistlar va sunniy musulmonlar. Shahar aholisi 16,3%. Muhim shaharlari: Asmera, Massaua, Keren.

Tarixi. 13—16-asrlarda hoz. Eritreyaning katta qismi Efiopiya davlati tarkibida boʻlgan. 1882-yil Qizil dengiz sohilidagi Aseb porti, 1885-yil Massaua porti va sohil boʻyidagi aholi yashaydigan bir qancha qishloqlarni Italiya egallab oldi. 1890-yil Italiya Qizil dengiz sohilidagi oʻzining barcha mulkini Eritreya mustamlakasiga birlashtirdi (Eritreya lot. tilidagi Qizil dengiz nomidan kelib chiqqan). 1896-yilgi ItaliyaEfiopiya shartnomasiga muvofiq, Eritreya chegaralari belgilab olindi. 1935-yil E. Efiopiya bilan birga Italiya Sharqiy Afrikasi mustamlakasi tarkibida boʻldi. 1941-yil bahorda Eritreya inglizefiop qoʻshinlari tomonidan ozod qilindi; 1952-yilgacha ingliz harbiy maʼmuriyati boshqardi. 1952-yil federatsiya aʼzosi sifatida Efiopiya tarkibiga kirdi. 1962—87 yillarda E. Efiopiya tarkibida provinsiya, soʻng maʼmuriy r-n. 1950y. lardan Eritreya ozodlik xalq fronti boshchiligida Efiopiya markaziy hokimiyatidan ajralish uchun qurolli kurash avj oldi. 1991-yil qoʻzgʻolonchilar Asmera shahrini ozod qildilar. 1993-yil 24-mayda Eritreya rasmiy ravishda mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. Eritreya — 1993-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 24 mayMustaqillik kuni (1993).

Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari. Demokratiya va adolat uchun xalq fronti, 1970-yil tuzilgan. 1994-yilgacha Eritreya ozodlik xalq fronti deb nomlangan. Kasaba uyushmalari haqida maʼlumotlar yoʻq.

Xoʻjaligi. Eritreya — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat 12,3%, q. x. 8,4% ni tashkil etadi. Iqtisodiyotining asosi — q. x. (dehqonchilik va chorvachilik). Mehnatga layoqatli aholining 80% q. x. da band. Asosan, bugʻdoy, arpa, tariq, makkajoʻxori, dukkaklilar, sabzavot va qovun ekiladi, kofe yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, echki, qoʻy, tuya, parranda boqiladi; baliq ovlanadi. Asosiy sanoat tarmoqlari: neftni qayta ishlash, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, tikuvchilik, kimyo, yogʻochsozlik, oziq-ovqat, sement. Oltin, neft, mis, temir rudasi, nikel, xrom, slyuda, titan konlari bor. Dengizdan tuz qazib olinadi.

T. y. uzunligi 306 km, avtomobil yoʻllari uz. 3,9 ming km, jumladan, qattiq qoplamali yoʻllar 21% ni tashkil etadi. Dengiz portlari: Aseb, Massaua. Eritreya chetga tuz, teri, sement, sitrus mevalar, xom ashyo chiqaradi. Chetdan mashina va jihozlar, isteʼmol mollari va boshqalar oladi. Tashqi savdoda Efiopiya, Saudiya Arabistoni, Italiya, Sudan, Somali, Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — nakfa.

Madaniyati. Eritreyaning Asmera shahrini italyan mustamlakachilari Italiya shaharlariga oʻxshatib barpo etishga harakat qilganlar. Asmerada unt, Katta masjid va Katoliklar sobori bor. qadimiy Massaua shahri oʻzining goʻzal plyajlariga ega boʻlgan sharq shahridir. Asmera shahridan dengiz tomon yuriladigan yoʻldagi tepaliklarda mashhur kopt (qibt) monastirlari koʻzga tashlanadi. Monastirlarning aksariyati 15-asrda qurilgan boʻlib, ularning eng mashhuri Debre Bizen monastiri (14-asr)dir. Monastirlar kunduzi ziyoratchilar uchun ochib qoʻyilgan.

Eritreyada 1991-yildan «Xades Eritra» («Yangi Eritreya») hukumat gaz. haftada 2-marta tigrai va arab tillarida, 1994-yildan «Eritrean proufayl» («Eritreya koʻrinishi») haftanomasi ingliz tilida nashr etiladi. «Eritreya xalqi ovozi» hukumat radiostyasi va ER1CHTV huqumat telestyasi ishlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x