EPIFITOTIYA

EPIFITOTIYA (epi… va yun. — oʻsimlik) — oʻsimliklar yuqumli kasalliklarining muayyan bir vaqt davomida katta hudud (xoʻjalik, tuman, viloyat, mamlakat)larda tarqalishi. Odatda, Epifitotiya boshoqli ekinlarda zang, qorakuya, gʻoʻzada fuzarioz, kartoshkada fitoftoroz, olmada kataraz va boshqalar koʻplab yuqumli kasalliklar koʻrinishida namoyon boʻladi. Kasallikning tarqalish tezligi (maʼlum maydonda kasallangan oʻsimlik soni), kechish surʼati (bitta oʻsimlik yoki organdagi zararlangan joylar soni), yoʻqotilgan hosil, kasallangan maydon hajmi, kasallikning davom etish muddatiga qarab Epifitotiya miqyosini baholash mumkin. Kasallik bir necha mamlakat yoki butun qitʼalarda yoyilgan boʻlsa panfitotiya, maʼlum r-nlarda oʻqtinoʻqtin paydo boʻlsa enfitotiya deyiladi. Enfitotiya Epifitotiyaga va, aksincha, Epifitotiyadan enfitotiyaga aylanishi yoki kasallik qoʻzgʻatuvchiga noqulay sharoit boʻlganda kasallik juda kam kuzatilishi mumkin. Bu oʻsimliklarning zamburugʻli kasalliklariga xos boʻlib, yuqum manbai tuproqda saqlanadi yoki urugʻlik bilan tarqaladi. Kasallikning har yilgi rivojlanishi tabiiy sharoit yoki agrotexnika omillariga ham bogʻliq.

Oʻzbekistonda qoʻzgʻatuvchilari bundan 20—25 yil avval qayd etilgan ayrim oʻsimlik kasalliklari keyingi 8—10 yil ichida Epifitotiya sifatida baʼzi hududlarda kuzatilmoqda (ildiz chirishi va qora ildiz chirishi va boshqalar). Ularning paydo boʻlishiga qulay obhavo sharoiti, maxsus choralarni qoʻllash susayganligi, tuproqning oriqlashi, agrotexnik usullarni notoʻgʻri qoʻllash, jumladan, mineral oʻgʻitlardan notoʻgʻri foydalanish sabab boʻldi. Shuningdek, maydonlarga biotipik tarkibi bir xil ekinlarni muttasil ekish natijasida kasallik qoʻzgʻatuvchisining tez moslashuvi va koʻpayishi, ekinlarda kasallikka chidamlilik xususiyatining oʻzgarishi va boshqalar ham Epifitotiyaga sabab boʻladigan omillardan hisoblanadi.

Zamonaviy fitopatologiya E. ning oldini olishning bir qancha usullarga ega. Natijada Epifitotiya keltiradigan zarra ancha kamaymoqda, mas, karantin choralari va kasalliklarga chidamli ekin navlarining yaratilganligi Epifitotiya xavfini bartaraf etadi.

Sulton Alimuhamedov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x