EMINOV Kozim Ibrohimovich

EMINOV Kozim Ibrohimovich (1928.24.5, Alushta, Qrim Respublikasi — 1976.1.5, Toshkent) — rang-tasvir ustasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1972). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1953) va Toshkent ped. instituti (1968) ni tugatgan. 1968-yildan Toshkent ped. intining Badiiy grafika ftida dars bergan, 1975-yildan dotsent. E. tarixiy, maishiy va manzara janrlarida asarlar yaratgan; his-tuygʻularga boy romantik manzaralari bilan tanilgan: «Bahor suvi», «Yoz», «Chimyon etaklari», «Angren», «Sementchi ayollar» va boshqalar Asarlari muzeylarda, shaxsiy toʻplamlar va galereyalarda saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x