ELEKTROMOBIL

ELEKTROMOBILakkumulyatorlar batareyasi oʻrnatilgan bir yoki bir necha elektr dvigatel yordamida harakatlanadigan avtomobil. 20-asr boshlarida Gʻarbiy Yevropa va AQSH da Elektromobildan taksi, pochta furgoni, kommunal xoʻjalik mashinalari, yengil avtomobillar sifatida foydalanilgan. Fransiyalik K. Jenatsi Elektromobil tezligini 100 km/soatga yetkazgan. Biroq, tezlikning cheklanganligi va energiya sigʻimining pastligi (20 Vt/soat kg gacha), akkumulyatorlar batareyasining massasi kattaligi Elektromobilning rivojlanishiga toʻsqinlik qiddi. 60-y. lardan boshlab ichki yonuv dvigatelsh avtomobillardan chiqadigan gaz havoni zaharlashi va shovqinni kuchaytirishi tufayli Elektromobildan shahar transportida foydalanishga ehtiyoj ortdi. Elektromobil dagi akkumulyatorlar batareyasining bir galgi zaryadi (energiya zaxirasi) 100 km gacha yoʻl yurishga yetadi. Elektromobil larning akkumulyatorlari maxsus zaryadlash st-yalarida zaryadlanadi. Oʻzgaruvchan tok dvigatelidan foydalanilganda uni oʻzgarmas tokka aylantiruvchi oʻzgartirgich boʻladi.

Elektromobillar shaharda foydalanishga moʻljallangan; yurish qismi, kuzovi yengillashtirilgan, alohida transmissiyali va akkumulyatorlar batareyalari almashtirish qulay qilib ishlanadi. Akkumulyatorlar batareyalari kuzov ostiga joylashtiriladi, tok dvigatelga tiristorli boshqarish bloklari orqali keladi. Dvigatel yetakchi koʻprikli bloklarga (oldiga yoki orqasiga) yoki kardanli harakat bloklariga, yoxud gʻildiraklarga oʻrnatiladi. Elektromobildan foydalanish shaharlarda shovqinni va havoning buzilishini kamaytiradi, suyuq yonilgʻini tejashga imkon beradi. Elektr energiya suyuq yoki gazsimon yoqilgʻidan bevosita avtomobilning oʻzida hosil qilinadigan Elektromobillar ham bor. E., asosan, AQSH, Angliya, Rossiyada ishlab chiqariladi. AQSH va Germaniyada bir galgi zaryadi 200 km gacha yoʻl yurishga yetadigan Elektromobil larning eksperimental nusxasi yaratilgan (2005). Oʻzbekistonda Elektromobilga doir ishlar Toshkent avtomobilyoʻshar jstitutida olib boriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x