ELASTIK TOʻLQINLAR — elastik muhit (gaz, suyuklik va qattiq jismlar)da tarqaladigan mexanik tebranishlar. Toʻlqinlar tarqalayotgan muhitning zarralari toʻlqinlar bilan birga koʻchmaydi, ular faqat oʻz muvozanat holatlari atrofida tebranib turadi. Elastik toʻlqinlarning boʻylama va koʻndalang xillari bor. Boʻylama Elastik toʻlqinlarda muhitning zarralari toʻlqinlar tarqalayotgan yoʻnalishi boʻylab, koʻndalang Elastik toʻlqinlarda esa tarqalayotgan yoʻnalishga perpendikulyar yoʻnalishda tebranadi. Mexanik koʻndalang toʻlqinlar faqat siljish qarshiligiga ega muhitda hosil boʻlishi mumkin. Suyuq va gaz holatdagi muhitlarda faqat boʻylama toʻlqinlar; qattiq muhitda ham boʻylama, ham koʻndalang toʻlqinlar vujudga keladi. Istalgan vaqtda tebranishlar yetib kelgan elastik muhit nuqtadarining geometrik oʻrni toʻlqin fronti deb, bir xil fazada tebranuvchi nuqtalarning geometrik oʻrni toʻlqin sirti deb ataladi. Toʻlqin sirtlari istalgan shaklda boʻlishi mumkin. Eng sodda holda ular tekis (yassi) yoki sfera (sferik) shaklida boʻladi. Elastik toʻlqinlar elastik muhit zarralarining tebranish amplitudasi va chastotasi, toʻlqin uzunligi, faza hamda guruh tezliklari va boshqalar koʻrsatkichlar bilan ifodalanadi. Elastik toʻlqinlar chastotasi Gs ulushlaridan 1013 Gi gacha. Elastik toʻlqinlardan seysmologiya va gidrolokatsiyada, okeanlarni oʻrganishda, qattiq, suyuq hamda gaz holatdagi moddalarning tuzilishini oʻrganishda, tibbiyot va boshqalar sohalarda keng foydalaniladi (yana q. Toʻlqinlar).
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии