EKSTRAKSIYALASH

EKSTRAKSIYALASH (lot. ajratayapman) — suyuq yoki qattiq moddalar aralashmasini maxsus (selektiv) erituvchi (ekstragent)lar yordamida toʻla yoki qisman ajratish. Ekstraksiyalashning fizik mohiyati ajratib olinayotgan (ekstraksiyalanayotgan) moddaning toʻqnashuv paytida bir faza (suyuq yoki qattiq faza)dan ikkinchi faza — suyuq ekstragent fazaga oʻtishidan iborat.

Ekstraksiyalash quyidagi jarayonlarni: dastlabki modda aralashmasi bilan ekstragentni toʻqnashtirish (aralashtirish); hosil boʻlgan ikki fazani mexanik ajratish; ekstragentni har bir fazadan ajratib olish va regeneratsiyalashni oʻz ichiga oladi.

Ekstraksiyalash jarayonidan sof farmatsevtik preparatlar olishda, shakar, yogʻlar ishlab chiqarishda, aromatik uglevodorodlar, sulfidli neftlarning moyli fraksiyasi, kaprolaktam, texnik krezollardan m va p krezollarni, divinil rektifikatsiyasi qoldiqlaridan dietil efirni, suyultirilgan eritmalardagi sirka kislotani, oqova suvda qolgan fenol va h. k. ni ajratib olishda foydalaniladi. Nikel bilan kobalt, nikel bilan mis, siyraker elementlari, platinoidlar, sirkoniy bilan gafniy, niobiy bilan tantal va boshqalarni ajratib olishda Ekstraksiyalash usuli keng qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x