DTM Kirish imtihonlariga qancha mablag’ sarflanadi?

DTM Kirish imtihonlariga qancha mablag' sarflanadi
Telegram kanal подписаться

DTM kirish imtihonlariga 30 mlrd so‘m xarajat qilinishini ma’lum qildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Davlat test markazi rahbari Majid Karimov xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, o‘tgan yilgi qabul jarayonlari atrofida 90 mlrd so‘m atrofida pul tushgan.
«Bizga byudjetdan eng minimal mablag‘ beriladi. Bilasiz, bizda o‘zimizning tayanch ekspertlar, tashqaridan jalb qilingan ekspertlar, chet tilidan CEFR tizimi uchun ekspertlar ishlashadi. Prezident maktablari, ixtisoslashgan maktablardan test olishadi. Bundan tashqari, biz fevraldan martni oxirigacha harbiy qismlarga borib, test olamiz. Bularning hammasi uchun xarajat qariyb 30 mlrd so‘mdan oshadi. Bu faqatgina test jarayonlariga ketadigan hamda xodimlarga ortiqcha imtiyoz sifatida to‘lanadigan mablag‘lar», — dedi Majid Karimov.
Karimovning qayd etishicha, bundan tashqari moddiy-texnik baza uchun sarflanadigan xarajatlar ham bor.
«Har yili 2 milliondan ortiq test materiallari chop etiladi va tekshiriladi. Bunda noyob qurilmalar, xususan Yaponiyadan keltirilgan skantron jihozi qo‘llanadi. Bu juda nozik qurilma, o‘tgan yili ochiq havoda imtihon o‘tkazilganidan keyin, uning zahira qismlarini, qog‘ozdagi ma’lumotlarni „o‘qiydigan“ sezgir optik vositalarini to‘liq almashtirishga to‘g‘ri keldi. Chunki ochiq havoda shamol bo‘lgani tufayli javob varaqalari qum, chang zarralari bilan qoplangan holda keldi. Moddiy-texnik bazani yangilab borish uchun sarflanadigan shu kabi xarajatlar bilan bog‘liq raqamlar DTMning saytida e’lon qilib boriladi», — deydi Davlat test markazi rahbari.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x