DORI

DORI — kasalliklarni davolash yoki oldini olish uchun ishlatiladigan modda. Har qanday Dorini odamlarga qoʻllashdan oldin hayvonlarda sinab koʻriladi va klinikalarda kuzatiladi. Dorilar kimyo-farmatsevtika z-dlarida sintetik moddalardan, oʻsimlik, hayvon yoki mikrobiologik mahsulotlardan, tez buziladigan ayrim Dorilar esa dorixonalarda tayyorlanadi. Dorilar turli xilda, mas, suyuq (qaynatma, tindirma, eritma, suspenziya va b.), yumshoq (surtma, liniment, krem, pasta va b.), qattiq (sochma, tabletka, draje, granula va b.) hamda alohida inyeksiya maqsadlari uchun ampula holida chiqariladi.

Taʼsiriga koʻra, yurak D. lari, surgi, siydik haydaydigan, ogʻriq qoldiradigan, issiq tushiradigan, narkotik, uyqu keltiradigan va boshqa Dorilar boʻladi. Bevosita kasallikning qoʻzgʻatuvchisiga taʼsir qiladigan Dorilar alohida guruhni tashkil etadi, bularga bezgak, zaxm, silga qarshi va boshqa Dorilar kiradi. Ular kimyoviy terapevtik vositalar deb ataladi. Dori larning shifobaxsh taʼsiri bemorning yoshi, ahvoli va dozata bogʻliq. Katta doza organizmni zaharlashi, kam doza esa kasallik qoʻzgʻatuvchisini oʻsha Doriga chidamli qilib qoʻyishi mumkin. Shuning uchun Dorini faqat vrach buyurgan dozada qabul qilish kerak.

Dorilar sirtga ishlatiladi, ichiriladi, nafas yoʻli orqali yuboriladi va inyeksiya qilinadi. Ularning kuchi, taʼsiri organizmga qay yoʻl bilan va qanchalik tez kiritilishiga bogʻliq. Baʼzi Dorilar takror yuborilganda organizmda toʻplanib taʼsir etadi (q. Kumulyatsiya). D. ni koʻrkoʻrona qabul qilish yaramaydi, chunki koʻp kasalliklar belgisi bir-biriga oʻxshaydi, uning uchun keraksiz Dorilarni qabul qilish sogʻliqqa zarar yetkazadi. Organizmga kirgan Dorilar qisman parchalanadi va oʻzgaradi, keyin buyrak, hazm va nafas yoʻllari, ter va b. orqali chiqib ketadi.

Dorilar uyda bolalarning boʻyi yetmaydigan joyda saqlanishi kerak. Har bir Dorini yaroklilik muddati yorligʻida qayd qilinadi, belgilangan mudsatdan uzoq saqpanganda taʼsirini yoʻqotadi. Keyingi yillarda xorijdan keltirilgan Dorilar xili bir kadar ortdi, shu bois uni faqat vrach maslahati bilan qabul qilish zarur.

Oʻzuv Zokirov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x