DORE

DORE (Dore) Gyustav (1832.6.1, Strasburg — 1883.23.1, Parij) — fransuz grafik rassomi, illyustratsiya ustasi. Dore ijodi kamolotida O. Domye sanʼatidan ilxrmlangan. Romantik xususiyatga ega boʻlgan joʻshqin tasviriy, hajviy illyustratsiyalari, hayotiy qiziq voqealar, yengil yumorli asarlari bilan hikoyanavis usta rassom sifatida shuhrat qozongan. F. Rable («Gargantyua va Pantagryuel», 1854), O. Balzak («Qiziq hikoyalar», 1855 — 56), Dante («Ilohiy komediya», 1861), ServantesDon Kixot», 1862— 63) va b. asarlari, Injil (1864—66)ga ishlagan rasmlarida Dorening nihoyatda boy xayoloti va oʻziga xosligi namoyon boʻlgan. Maishiy janrda asarlar yaratgan («Koʻprikdagi qashshoqlar. London», 1873 va b.), haykaltarosh sifatida ijod qilgan (A. Dyuma yodgorligi, bronza, 1882 va b.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x