DONIYOR QOʻGʻIRCHOQBOZ

DONIYOR QOʻGʻIRCHOQBOZ (asli Shahsuvorov Doniyor, 1876—1962, Buxoro) — xalq qoʻgʻirchoq teatri ustasi. Tomoshani oʻzbek va tojik tillarida koʻrsatgan. Bobosi Abdulla, otasi Shahsuvor sanʼatkor boʻlganlar. Doniyor qoʻgʻirchoqboz surnay chalishni otasidan va Ashir qora mehtardan oʻrgangan. Qoʻgʻirchoqoʻynatishni esa mashhur qoʻgʻirchoqboz Zarif miskarga shogird tushib oʻzlashtirgan (ham «chodir jamol», ham «chodir xayol» teatrini oʻrgangan). Zarif miskar boshchiligida Buxoroning Labi hovuzida, amirning shahardan tashqaridagi bogʻida ham tomoshalar koʻrsatgan. Doniyor qoʻgʻirchoqboz 1910-y. da oʻz toʻpini tuzgan va Koʻrhoji, Kenja Jumayev kabi qoʻgʻirchoqbozlar bilan ishlagan. Asosan «chodir jamol» qoʻgʻirchoq teatrini rivojlantirgan. «Oftobxon va Moxtobxon» nomli yangi komediya yaratgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x