“Donishmand qoʻli bilan Oyga ishora qilganda, johil barmoqqa qaraydi”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.

 

*****

Kishi Qurʼonni xolis Allohning roziligini, karamli yuzini istab, qalbidan tilovat qilsa, uni tinglayotganlar bu tilovatdan taʼsirlanadilar.

Shayx Abdulbosit Abdussamad rahimahulloh

*****

Donishmand qoʻli bilan Oyga ishora qilganda, johil barmoqqa qaraydi.

“Tarix muxrlagan soʻzlar”

*****

Zakovatli, aqlli insonlarni rahbar qilib tayinlansayu, ularga qiladigan ishlarini biz yozib bersak, bu mantiqsizlikdir. Biz ularni bizga nima ish qilishimizni aytib, yoʻl-yoʻriq koʻrsatib turishlari uchun rahbarlikka tayinlaganmiz.

“Tarix muxrlagan soʻzlar”

*****

Johillar va ahmoqlar oʻzlari tushuna olmagan narsalarning ustidan kuladilar.

Pifagor

*****

Toʻqnashuvlar ikki xil boʻladi:

  • Biri boshni ochadi (yoradi);
  • Biri aqlni ochadi.

Abbos Mahmud Aqqod

*****

Agar bir lahzalik gʻazabingni bosa olsang, oʻzingni yuz kunlik nadomatdan qutqargan boʻlasan.

“Tarix muxrlagan soʻzlar”

*****

Hayotdagi muvaffaqiyatsizlik sabablaridan biri – hammaning diqqat markazidaman, hamma men bilan ovvora deb oʻylashingdir. Unutma, koʻpchilikka sening qizigʻing yoʻq.

“Tarix muxrlagan soʻzlar”

*****

Yaxshi inson boʻlganing uchun hammadan senga adolat ila muomala qilishini kutishing xuddi “Goʻsht yemaydigan vegetarian boʻlganim uchun hoʻkiz menga hujum qilmaydi” deb oʻylashingga oʻxshaydi.

“Tarix muxrlagan soʻzlar”

*****

Har kuni tongda aslo gʻazablanmayman deb qaror qilaman. Kunimni bir muddat tinch oʻtkazaman. Keyin baʼzi ahmoqlarga yoʻliqib qolaman. Ular esa mening qarorimni amri mahol ishga aylantirib tashlashadi.

“Tarix muxrlagan soʻzlar”

*****

Yolgʻonni fosh etishning eng afzal qurilmasi – kunlardir.

“Tarix muxrlagan soʻzlar”

*****

Muvaffaqiyatli boʻlmoqchi boʻlsang, bitta qoidani hurmat qilishing kerak. Bu qoida: OʻZINGNI ALDAMA!

“Tarix muxrlagan soʻzlar”

*****

Xatolarning eng ogʻiri – oʻzingni xatolardan pok deb bilmogʻingdir.

Tomas Karlayl

 

 

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

 

muslim.uz

https://saviya.uz/ijod/nasr/donishmand-qoli-bilan-oyga-ishora-qilganda-johil-barmoqqa-qaraydi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x