DISHAN QALʼA

DISHAN QALʼA (tashqi qalʼa) — Xivaning rabod qismi. 1842-y. da Xorazm xoni Olloqulixon Xivani tashqi hujumdan saqlash uchun devor (uz. 6250 m, bal. 7—8 m, devor qalinligi 5—6 m.) b-n oʻratgan. Qurilishga koʻp aholi jalb qilinib, qalʼa 6 haftada bitka-zilgan. Dishan qalʼada 10 darvoza boʻlgan: Hazorasp (Qoʻy), Pishkanik, Bogʻi shamol, Shayxlar, Tozabogʻ, Shohimardon, Doshoyoq, Qoʻsh, Gadoylar va Gandumiyon (Hazorasp va Qoʻsh darvozalaridan boshqalari saqlanmagan). Dishan qalʼaning bosh koʻchalari (Hazorasp, Bogʻi shamol, Shohimardon, Qoʻsh) Nurullaboy saroyi, Sayidboy madrasasi va masjidi, Sayid Mohi rui jahon, Toʻrt Shabboz, Abdolbobo majmualari kabi koʻpgina obidalar saqlanib qolgan. Dishan qalʼada hozir maʼmuriy va maishiy binolar, xiyobonlar barpo etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x