DIMETILFORMAMID

DIMETILFORMAMID, chumoli kislota dimetilamidi, (HCONCH3) 2 — oʻziga xos hidli rangsiz suyuklik. Mol. m. 73,09. Suyuklanish t-rasi — 61°, qaynash t-rasi 153°, zichligi 944,5 kg/m3 (25°); suv, spirt, atseton, efir, benzol, uglerod sulfid (CS2)ra aralashadi. Sanoatda chumoli kislotani dimetilamin b-n kondensatlash, metilformiat aminozolini dimetilamin bilan 80—120° t-ra va 0,1 — 0,4 MPa bosimda kondensatlash, me-tilaminni 100—150° t-ra va 2,5—20 MPa bosimda CH,ONa ishtirokida metanolda karbonillash usullari bilan olinadi. Neft pirolizi gazlari aralashmalaridan atsetilen va diyen uglevodorodlarni ajratib olishda, poliakril tolalar (sitron, orlon va b.), tasmalar, lok-boʻyoq materiallar, teri, qogʻoz, yogʻoch, viskoza tola va b. materiallar i. ch. da erituvchi sifatida qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x