DENGIZ NAVIGATSIYA XARITALARI

DENGIZ NAVIGATSIYA XARITALARIdengiz xaritalarining asosiy tipi, kema yurgizish va suzish xavfsizligini taʼminlash uchun ishlatiladi. Dengiz navigatsiya xaritalarida qirgʻoq shakli va xu-susiyati, dengiz tubi relyefi, grunti, suv osti va suv usti qoyalari, oqimlar, dengiz yoʻllari, kema yoʻlida uchraydigan xavflar (sayozlik, qoya, kuchli dengiz toʻlqinlari va b.), mayoq, toʻlqin qaytaradigan inshootlar, magnit en-kayishi haqidagi maʼlumotlar, gidrologik elementlar (dengiz oqimlari, dengiz suv koʻtarilishiqaytishi, muz chegarasi va h. k.) koʻrsatiladi. Dengiz navigatsiya xaritalari maqsadi va masshtabiga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi: planlar (1:500 — 1:25000), xususiy xaritalar (1:25000 — 1:75000), yoʻl xaritalari (1:100000 — 1:500000), bosh xaritalar (1:750000 – 1:5000000).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x