DAM OLISH UYLARI

DAM OLISH UYLARIdam olish rejimi muayyan tartibga solingan sogʻlomlashtirish muassasalari. Dam olish uylari maxsus tibbiy kuzatuv va davoga muhtoj boʻlmagan sogʻlom kishilar uchun moʻljallangan. Shu jihatdan mineral suvlar, shifobaxsh balchiq bilan davolaniladigan va fizioterapiya qoʻllaniladigan sanatoriylardan farq qiladi (ayni vaqtda Dam olish uylarida dam olayotganlarga zarur boʻlganda tibbiy yordam koʻrsata oladigan tibbiyot xodimi boʻladi). Dam olish uylarida dam oluvchilar uchun iqlimiy, gigiyenik hamda madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish sharoitlari, shuningdek, toʻla-toʻkis ovqatlanish tarzi eʼtiborga olinadi. Dam olish uylari umumiy (kattalar uchun), maxsus (oilaviy, yoshlar uchun) boʻlishi mumkin. 2 kunlik, 12 kunlik va 15 kunlik Dam olish uylari kengtarqalgan. Ularning ayrimlarida (palatka, lager) dam olish turizm bilan qoʻshib olib boriladi. Pansionatlar va dam olish bazalari ham mavjud.

Birinchi dam olish uyi Toshkent yaqinidagi Yalangʻoch qishlogʻida tashkil etilgan (1934) boʻlib, poytaxt i. ch. korxonalarining ilgʻorlari dam olishiga moʻljallangan. Oʻzbekistonda 1-kolxozchilar dam olish uyi Toshkent viloyati Qibray tumanida ochilgan (1947).

Dam olish uylariga yoʻllanmalarning kupi kasaba uyushmasi tomonidan ijtimoiy sugurta mablagʻlari hisobiga bepul yoki imtiyozli narxda beriladi. Dam olish uylarida maʼlum rejimga rioya qilinadi, dam oluvchilar koʻproq vaqtni ochiq havoda (ekskursiyada, sport bilan shugʻullanib) oʻtkazadilar, ularga sogʻlom kishilarga moʻljallangan ovqatlar beriladi.

Oʻzbekistonda Kumushkon, Soʻqoq, Sumcha, Xoʻjakent, Xondiza, Samarqand, Fargʻona kabi mavsumiy va doimiy Dam olish uylari bor (2002).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x