DAGʻAL OZUQA

DAGʻAL OZUQA, dagʻal xashak — oʻsimliklardan tayyorlanadigan quruq xashak. Tarkibida kletchatka miqsorining koʻpligi (25—40%) boʻlishi bilan ajralib turadi. Dagʻal ozuqa (pinan, somon, toʻpon, shulxa va b.) oʻtxoʻr hayvonlar qishki ratsionining zaruriy qismini tashkil etadi, mollar isteʼmol etadigan ozuqa moddalarning deyarli yarmi Dagʻal ozuqadan olinadi. Bu guruhga kiradigan ozuqalar ratsionning zarur hajmini taʼminlagan holda ozuqa hazmini yaxshilaydi. Dagʻal ozuqadan pichan shu guruhdagi boshqa ozuqalarga qaraganda toʻyimliroq. Yoʻngʻichgʻa, beda esparset, oqsoʻxta, bugʻdoyikdan tayyorlangan 100 kg pichanda 45—50 ozuqa birligi bor, protein, mineral moddalar, uglevodlar, karotinga boy. Mollarga Dagʻal ozuqa berish miqdori ularning yoshi va mahsuldorligiga qarab belgilanadi. Sogʻiladigan sigirlar uchun Dagʻal ozuqa meʼyori tirik vaznning 100 kg ga 2—2,5 kg mikdorida belgilanadi. Sigirlarda sut mahsuldorligi koʻpayishi bilan ratsionda Dagʻal ozuqa hissasi shirali ozuqalar hisobiga kamaytiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x