DAFTAR

DAFTAR — 1) tikilgan, muqovalangan, yozish yoki rasm solish uchun tayyorlangan bir necha varakli toza qogʻoz;

2) Oʻrta Osiyo xonliklarining davlat devonlarida olib borilgan kirimchiqim yozuvlari. «Daftari oliy» deb ham yuritilgan. Daftarga viloyatlar, amlok va qishloqlar boʻyicha davlat daromadlari va xarajatlari yozib borilgan. Daftar uzun qogʻoz oʻramlaridan iborat boʻlib, poygir yoki tumor deb ham atalgan va xalqdan nihoyatda sir tutilib, daftardor (xonliklar devonlarida kirimchiqim yozuvlarini olib boruvchi va Daftarni oʻzida saqlovchi saroy xizmatchisi) qoʻlida saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x