CHANOQ-SON BOʻGʻIMI

CHANOQ-SON BOʻGʻIMI — chanok suyagidagi quymuch kosasi bilan son suyagining boshi birlashishidan paydo boʻladi. Quymuch kosasining qirgʻogʻida chuqurchaning kattalashtirishga moslashgan fibroz togʻay labi bor. Boʻgʻim xaltasi erkin joylashgan boʻlib, son suyagi boshining harakat qilishiga xalaqit bermaydi. Chanoq-son boʻgʻimi yonboshson, oʻtirgichson, qovson boylamlari bilan mustahkamlanadi. Chanoq-son boʻgʻimi atrofidagi muskullar boʻgʻim harakatida boylamlarning unchalik taranglanmasligiga imkon yaratadi. Boʻgʻim yongʻoqsimon shaklda boʻlib, frontal oʻqida tanaga yaqinlashibuzoqlashishi, vertikal (tik) oʻqi boʻylab tashqari hamda ichkariga aylanishi va doira shaklida harakat qilishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x