AʼZAMXOʻJAYEV Saidmagʻruf Magʻrupovich

AʼZAMXOʻJAYEV Saidmagʻruf Magʻrupovich (1917.5.11, Toshkent) — jarroh, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1972), tibbiyot fanlari d-ri (1975), prof. (1976). Toshkent davlat tibbiyot in-ti sanitariya-gigiyena, ke-yin stomatologiya ftida jarrohlik kasalliklari kafedrasi mudiri (1976 — 91). 1991-y. dan prof.-konsultant. Ilmiy ishlari asosan jarrohlik masalalari, gastroduodenal qon oqishlar, meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yarasi teshilishi, oʻtkir appenditsit, … Читать далее

ASHURALI MEHTAR

ASHURALI MEHTAR (familiyasi Yusupov) (1893.11.7, Andijon — 1980.1.5, Toshkent) — oʻzbek xalq sozandasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1944). Xalq dorbozlari va qoʻgʻirchoqbozlarning hamkori, mehtarlik sanʼati anʼanalarining bilimdoni surnay, karnay, nogʻora yoʻllarining ustasi. Ashurali Mehtar «Hujum», «Oʻrtoqlar», «Layli va Majnun», «Farhod va Shirin» asarlariga musiqa bastalashda T. Jalilov, M. Tillayevlarga hamkorlik qilgan. U. Ismoilovning «Rustam» dramasiga … Читать далее

ACHCHIQSUV

ACHCHIQSUV — Fargʻona viloyatining jan.-gʻarbidagi soy. Qirgʻiziston hududidagi Batken-Bujum vodiysidan boshlanadi. Koʻlbuloq, Qorakoʻl, Zakanariq, Chilgʻozli irmoqlari qoʻshilib Achchiqsuvni hosil qiladi. Buloqlardan suv oladi. Uz. 54 km. Dastlab shimol tomon oqadi. 30 km masofagacha togʻ oraligʻidagi tekis vodiydan, soʻng chuqur vodiylar hosil qilib, Guzan va Burgan adirlarini kesib oʻtadi va tekislikka chiqadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi … Читать далее

ACHE

ACHE — Sumatra o. (Indoneziya) shim. da mavjud boʻlgan sultonlik (16 – a. boshi — 20 – a. boshi). Indoneziyada islom dinining tarqalishi markazlaridan biri. Ache kuchaygan davrida (17-a. birinchi yarmi) uning mustaqilligini Sumatraning aksariyat xonliklari va Malayyaning gʻarbidagi xonliklar tan olgan. Ache murch savdosiga ixtisoslashgan; kuchli floti boʻlgan. 16 — 17 – a. boshlarida … Читать далее

ATSETILSELLYULOZA

ATSETILSELLYULOZA — sellyulozaning atsetat efiri. Oq amorf modda. A. olishda xom ashyo sifatida asosan paxta momigʻi, ayrim hollardagina sellyuloza ishlatiladi. Sellyuloza katalizatorlar ishtirokida sirka angidrid yoki atsetil xlorid bilan atsetillansa, tarkibida bogʻlangan 62,4% sirka kislota qoldiqlari boʻlgan triatsetilsellyuloza faqat baʼzi organik erituvchilar (sirka kislota, xloroform va metilen xlorid)da eriganligi uchun undan keng koʻlamda foydalanib boʻlmaydi. … Читать далее

AXTALASH

AXTALASH, bichish — urgʻochi va erkak hayvonlarning jinsiy bezlarini olib tashlash, ularni bepusht qilish yoki jinsiy faoliyatini tuxtatish maqsadlarida erkak hayvonlarning urugʻ tizimchasini uzish. Hayvonlar xoʻjalik hamda davolash maqsadlarida axtalanadi. Axtalangan hayvon yuvosh boʻlib qoladi, tez semiradi, goʻshti sifati yaxshilanadi, qoʻylar koʻp jun beradi. Axtalash operatsiyasi ochiq usulda — moyak xaltachasini batamom yorib, yopiq usulda … Читать далее

AXILL PAYI

AXILL PAYI — boldirning uch boshli muskuli payi, yoʻgʻon boʻlib, tovon suyagiga yopishgan. Boldirni bukishga, gavdani tik tutishga yordam beradi. Pay tovondagi eng noziq va zaif joy boʻlganligi uchun unga urilganda odam tik tura olmay qoladi. Shu sababli nomi «Axilles tovoni» iborasi (q. Axill) b-n bogʻliq boʻlsa kerak.

AXALTAKA OT ZOTI

AXALTAKA OT ZOTI — salt miniladigan qad. ot zotlaridan biri. Xalq seleksiyasida Jan. Turkmanistondagi Axaltaka voxasida yashagan turkmanlarning taka qabilasi yetishtirgan. Axaltaka ot zoti quruq issiq iqlimga moslashgani, nihoyatda chopqirligi bilan ajralib turadi (poygada 1000 m masofani 1 min. 05 sek. da bosib oʻtadi). Axaltaka ot zotining toʻshi tor, sagʻrisi ixcham va choʻzinchoq, oyoqlari nozik, … Читать далее

AFTALAR

AFTALAR (yun. aptha — yara) — ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatining kasalligi. Bunda koʻpincha til uchi yoki lunj va milklarda oq-sariq dumaloq eroziya yoki yalligʻlangan yarachalar paydo boʻladi. Ular ogʻrib, chaynash, gapirishni qiyinlashtiradi. Ahyon-ahyonda burun, koʻz va jinsiy aʼzolar shilliq qavatida ham Aftalar uchrab turadi. Aftalar baʼzan isitma, limfa bezlarining shishib ogʻrishi bilan oʻtadigan mustaqil kasallik … Читать далее