GIDROLOKATOR

GIDROLOKATOR (gidro… va lot. loco — joylashtiraman) — suv ostidagi obyektlarning vaziyatini tovush signallari yordamida aniqlaydigan gidroakustik st-ya (asbob). G. yordamida suv ostidagi obyekt (mas, choʻkkan kema) gacha boʻlgan masofa, qiya uzoqlik boʻyicha suvga botish chuqurligi, vertikal tekislik boʻyicha obyekt tomonga yoʻnalish burchagi aniqlanadi. Gidrolokatorning ishlash tarzi quyidagicha: generator ishlab chiqaradigan elektr kuchlanishlar impulsi «qabul … Читать далее

AYE-AYE

AYE-AYE, Madagaskar qoʻloyogʻi (Daubentonia madagascariensis) — qoʻloyoqlilar oilasining yagona turi, lemurlar, yaʼni chala maymunlar kenja turkumiga mansub. Koʻrinishi maymunlarga oʻxshamaydi, 1860-y. da lemurlarga yaqinligi aniqlangan. Tanasining uz. 40 sm, baroqdumi 60 sm. Juni qattiq, qoramtir kulrang yoki qora. Boshi va quloqlari katta, oyoqlari bir xil uzunlikda. Bosh barmogʻi boshqa barmoqlariga qarshi qoʻyilmagan. Faqat keyingi oyoqlaridagi … Читать далее

BIOENERGETIKA

BIOENERGETIKA — molekulyar biologiyaning bir boʻlimi; organizmlarning hayot faoliyati jarayonlarida energiyaning jamgarilishi va sarf etilish qonuniyatlarini hamda energiyaning bir turdan ikkinchi turga aylanishini, biosferadagi energetika jarayonlarini oʻrganadi. Bioenergetika tadkikotlari energiyaning saqlanishi va bir turdan ikkinchi turga aylanish qonunini kashf etgan (1841) nemis vrachi Yu. R. Mayer tomonidan boshlab berildi. Oʻsimlik toʻqimalaridagi asosiy energetik jarayonlar — … Читать далее

GIDROKON

GIDROKON,gidravlik kon — qazilma boyliklar (mas, koʻmir)ni qazish, tashish va yer sirtiga chiqarish ishlari suv oqimi energiyasi hisobiga bajariladigan shaxta. G. da suv manbai shaxtaga okib keladigan yer osti suvlari hisoblanadi. Koʻmir yuqori (5 — 10 Mya/m2) bosimli suv oqimi taʼsirida uvalatiladi yoki oldin mexanik tarzda uvalatilib, keyin suv oqimida yuvib tushiriladi. Suvni konga markazdan … Читать далее

VAN VEY

VAN VEY, Mo-sze (699 yoki 701, Tayyuan — 759 yoki 761, Sian) — xitoy rassomi, shoir. Xitoy monoxrom (bir rangda ishlanadigan) manzara rassomligi asoschisi. Shoyi mato, devorga rasmlar ishlagan, bunda tushning rang tuslari, shaffoflik imkoniyatidan, chizgi chiziqlardan foydalangan. Goʻzal manzaralarida tabiatning koʻtarinki umumlashma obrazlarini yaratgan. Asarlari («Qor ostidagi dars», «Szinanlik Fu Shen», «Qor yogʻganidan soʻng») … Читать далее

BIOTELEMETRIYA

BIOTELEMETRIYA, biologik telemetriya (bio…, tele… va…metriya) — biologik hodisalarni tadqiq etish va biologik koʻrsatkichlarni (mas, kosmonavtlar, sportchilarning tomir urishi, qon bosimi, haroratini) masofadan turib oʻlchash va tekshirish usullari majmui. Biotelemetriya tekshirishlarni olis masofadan turib ham (mas, kosmik uchishlarda) yoki oʻrganiladigan obyektning harakati paytida (mas, sport musobaqalari yoki mehnat faoliyati paytida) oʻtkazish imkonini beradi. Biotelemetriyada oʻrganilayotgan … Читать далее

GIDROGEOLOGIK KESIM

GIDROGEOLOGIK KESIM, gidrogeologik profil — yerning maʼlum qismidagi, maʼlum yoʻnalishidagi suvli gorizontlar va suv oʻtkazmaydigan qatlamlarning vertikal tuzilgan grafik tasviri. Gidrogeologik kesim burga quduqlari qazish natijasida olingan maʼlumotlarga asoslanib tuziladi. Gidrogeologik kesimda yer osti suvlari sathining yer ustiga nisbatan holati, suvli qatlamlardagi suvning harakat yoʻnalishi va qatlamlarni tashkil etgan togʻ jinsining geologik yoshi koʻrsatiladi. Odatda, … Читать далее

VAMBERI

VAMBERI (Vambery) Arminiy (German) (1832.19.3, Duna-Siyerdaxeli — 1913.15.9, Pesht) — sharqshunos, til-shunos, sayyoh va yozuvchi. Vengriya FA muxbir aʼzosi (1861). Peshtda xonadon oʻqituvchisi boʻlgan (1852—56). Turkiya (Istanbul)da yashagan (1857—60). Vengriya FA homiyligida Eron va Turkis-tonga sayohat (1863-y. dan) qilgan. Vamberi darvesh (qalandar) niqobi ostida Makkadan haj safaridan qaytayotgan mahalliy aholi guruhiga qoʻshilib Mozandarondan Bolxon koʻrfaziga … Читать далее

AZOT OKSIDLARI

AZOT OKSIDLARI — azotning kislorod bilan hosil qilgan birikmalari. Azot oksidlari azot va kislorod molekulalarining birikishidan hosil boʻlib, reaksiya issiqlik yutilishi bilan boradi. Baʼzilari termodinamik jihatdan beqaror. Azotning quyidagi oksidlari maʼlum: azot (I)-oksid N2O, azot (II)-oksid NO, azot (III)-oksid N2O3, azot (IV)-oksid NO2, azot qoʻsh oksid N2O4 va azot (V)oksid N2O5. Azot (I)-oksid N2O — … Читать далее