AKADEMIZM

AKADEMIZM (frans. academisme) — tasviriy sanʼatdagi yoʻnalish. Qad. dunyo va Uygʻonish davri sanʼati shakllari, sanʼatning tashqi koʻrinishlariga taqlid qilishga asoslangan. Akademizm badiiy taʼlimni tartibga solishga, mumtoz anʼanalarni «abadiy» qonunlar tizimi va qoʻllanmalariga aylantirishga imkon yaratdi. Sanʼatda qad. anʼanalarga va yuksak madaniylikka tayanish bu taʼlimotning kuchli tomonlaridan edi. Zamonaviylikni «yuksak» sanʼatga xos boʻlmagan xususiyat deb eʼlon … Читать далее

VARIATSION STATISTIKA

VARIATSION STATISTIKA — matematik statistikaning amaliy tarmogi; statistik tuplam (majmua)larda belgilarning taqsimlanishini oʻrganadi. Statistik toʻplam biron bir jihatdan uxshash juda koʻp obyektlar yoki yalpi hodisalardan tashkil topadi. Variatsion statistika barcha biologik obyektlarga xos boʻlgan oʻzgaruvchanlik koʻp uchraydigan biol., genetika va q. x. ekinlari seleksiyasida keng qoʻllaniladi. Variatsion statistika matematik statistikaning nazariy xulosalariga asoslanadi va asosan … Читать далее

AYTIMTOV TOGʻI

AYTIMTOV TOGʻI — Markaziy Qizilqumdagi Boʻkantov togʻlarining jan. davomi. Sharqda Koʻkpatos togʻlari, jan. da Mingbuloq botigʻiga tutash. Eng baland nuqtasi 498 m (Chalcharatov choʻqqisi). Aytimtov togʻi jan.-gʻarbdan shim.sharqqa yoʻnalgan. Uz. 30—35 km. Aytimtov togʻi juda serqirra, baʼzan nayzasimon choʻqqilar hosil qilgan. Yon bagʻirlari quruq soylar bilan parchalangan. Togʻ etagidagi keng prolyuvial shleyflar asosan dagʻal jinslar … Читать далее

GIDROSLYUDALAR

GIDROSLYUDALAR — qatlam strukturali alyumosilikatlar guruhining slyudasimon minerallari. Tarkibida qoʻshimcha suv va oksoniy (N3O|+) boʻlishi mumkin. Gidroslyudalar turli slyudalartit kaolin, montmorillonit, vermikulit va xloritlarga bosqichli oʻtishidagi oraliq mahsulotidir. Gidroslyudalarning eng koʻp tarqalganlari: gidromuskovit (illit), rektorit, glaukonit, gidrobionit. Qizdirilganda Gidroslyudalarning hajmi ancha kengayadi. Gidroslyudalarning aksariyati granit, pegmatit va b. togʻ jinslardagi slyudali minerallarning nurashi va oʻzgarishidan … Читать далее

AYMEDOVA

AYMEDOVA Maygoʻzal (1941.28.5) — turkman aktrisasi. 1964-y. dan Ashxobod Yosh tomoshabinlar teatrida. 1961-y. dan filmlarda suratga tushgan. Eng yaxshi rollari: Jahon («Toshqalʼadagi hodisa»), Ogʻulkiyik («Kelin»), Ortiqgul («Ayol otni egarlaganda»), Oqjamol («Yoʻq!» deyishni bil»), Jamol («Jamol daraxti») va b.

VARAQA

VARAQA — ijtimoiy-siyosiy tashviqot vositalaridan biri. Varaqalar dastlab qoʻlda yozilgan, keyinchalik bosma usulidan foydalanib tayyorlangan. Ular muayyan bir maqsadni koʻzlab chiqarilgan. Mac, 2-jahon urushi yillarida fashizmga qarshi targʻibotda Varaqa keng qoʻllangan. Keyingi yillarda Varaqadan saylov oldi tadbirlarida, bozor iqtisodiyoti sharoitida reklama sifatida foydalaniladi. Varaqalar odamlar gavjum joylarda — metro va b. shahar transporti bekatlarida, bozorlarda … Читать далее

BIR YUZ SAKKIZ-F

BIR YUZ SAKKIZ-F (108-F) oʻrta tolali gʻoʻza navi. Oʻzbekiston Paxtachilik i. t. in-tining Fargona tajriba st-yasida Kuk va 36M2 navlarini tabiiy duragaylash usuli bilan yaratilgan (L. V. Rumshevich, 1940). Uzbekistan, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmenistan, Qozogʻistonda r-nlashtirilgan (1947) va hozir ham katta maydonlarda ekiladi. Chet mamlakatlarda ham keng tarqalgan (Suriya, Xitoy, Eron, Afgoniston va b.). Tupi ixcham, … Читать далее

AYIQOʻT

AYIQOʻT (Tithymalus rapulum) — sutlamadoshlar oilasiga mansub tuganakli koʻp yillik oʻsimlik. Boʻyi 8—25 sm. Poyasi yakka, silindrsimon. Barglari mayda, yassi. Mevasi (koʻsagi)ning uz. 4—5 mm, shakli tuxumsimon. Martda gullab, iyunda meva beradi. Toshkent, Samarqand va Buxoro viloyatlaridagi adir va togʻ zonalarida oʻsadi. Ayiqoʻtning tuganaklarida 5% gacha smola va 0,5—0,6% kauchuk boʻlib, smola tarkibida uchuvchan zaharli … Читать далее