BOʻYAMA NAQSH

BOʻYAMA NAQSH — naqshning keng tarqalgan turi; naqshlar qogʻoz, karton, ganch, yogʻoch va b. sathga tush va turli boʻyoqlar bilan chizib, boʻyab ishlanadi, ustidan lok surtiladi. Oʻzbekiston hududida qadimdan rivoj topgan. Yogʻoch buyumlar, mehnat kurollarining qismlari, meʼmoriy qismlar turli ranglarda boʻyab bezatilgan. Naqshlanadigan joy oʻrni va shakliga qarab Boʻyama naqshning koʻplab tur va xillari paydo … Читать далее

VIVEKANANDA

VIVEKANANDA Svami (asl nomi Narendranatx Datta) (1863.12.1, Kalkutta — 1902.4.1, Belur) — hind mutafakkiri, diniy islohotchi va jamoat arbobi. 1880—84 y. larda Kalkutta untida falsafani oʻrgandi. Ramakrishna taʼlimoti bilan tanishdi. 1893-y. vedanta taʼlimotini targʻib qilish maqsadida AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy, Yaponiyaga safar qildi. 1897-y. «Ramakrishna hidoyati» diniy-islohotchilik jamiyatiga asos soldi. Vivekananda «Hindistonni qayta tiklash» oqimining … Читать далее

BOʻSTONIY

BOʻSTONIY Butrus (1819-1883, may) — 19-a. arab maʼrifatparvarlarining yirik namoyandalaridan biri, adib, pedagog va mutafakkir. Suriyadagi dastlabki maʼrifatparvarlik jamiyati («Suriya fan va sanʼatni oʻrganish jamiyati», 1847-y. tashkil etilgan) asoschisi. 1863-y. da Livanda arab tilida Yevropa usulidagi birinchi milliy maktab («alMadrasa alvataniya») ochdi va unda dars berdi. 60—70-y. larda turli nomlarda gaz. va jur. lar chiqargan. … Читать далее

VIBRATSIYA

VIBRATSIYA (lot. vibratio — tebranish, titrash) , titrash — elastik jismlarning mexanik tebranishi, titrashi. Foydali va zararli xillari bor. Vibrator, vibratsiya mashinasi yordamida ataylab hosil qilinadigan foydali Vibratsiya texnologik operatsiyalarda (vibratsion tashishda, vibratsion kesishda, betonni zichlashda), mashina va qurilmalar (vibrobolgʻalar, qoziq qoqqichlar)da foydalaniladi. Zararli Vibratsiya transport harakatlanganda, mashina va asboblar ishlaganda paydo boʻladi; ular konstruksiyalarni … Читать далее

BOʻRONOV

BOʻRONOV Qoʻrgʻon (1925.25.10, Chimkent) — faylasuf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1985), falsafa fanlari d-ri (1981), prof. (1982). 2-jahon urushi qatnashchisi. Oʻrta Osiyo davlat untining tarix f-tini (1950) tugatgan. 1956—90 y. larda Toshkent oliy partiya maktabida oʻqituvchi, dotsent, dekan, kafedra prof., kafedra mudiri. ToshDU tabiiy f-tlarning falsafa kafedrasi katta ilmiy xodimi (1971—73). Oʻzbekiston FA … Читать далее

VETERINARIYA-SANITARIYA EKS-PERTIZASI

VETERINARIYA-SANITARIYA EKS-PERTIZASI — 1) hayvonot mahsulotlarini sanitariya-gigiyena jihatidan baholash usullarini oʻrganadigan fan. V.-s. e. ning asosiy vazifasi — hayvonlardan olinadigan, oziqovqat (goʻsht, sut, baliq, tuxum), ozuqayem, xom ashyo (teri, jun, momiq, patlar) mahsulotlari orqali qoʻzgʻatuvchilari odamlarga yuqadigan kasalliklarning oldini olishdan iborat. Mustaqil fan tarmogʻi sifatida 20-a. da shakllandi. Undan ilgari goʻshtshunoslik va ovqatlanish gigiyenasi fanlari … Читать далее

BOʻRJAR GES

BOʻRJAR GES — Toshkentning Boʻzsuv kanalida qurilgan 3gidroelektr st-ya. 1936-y. mayida ishga tushirilgan. Quvvati 6,4 ming kVt. Uning ishga tushirilishi Toshkent sh. sanoat korxonalari va aholisini elektr energiyasi bilan taʼminlashni yaxshiladi. Boʻzsuv kanalida ishlab turgan GESlar Oʻrta Osiyoda birinchi energiya tizimini yaratishga imkon berdi. Hozir Boʻrjar ges GES Chirchiq — Boʻzsuv traktida qurilgan GESlardan biri … Читать далее

VESTON NORMAL ELEMENTI

VESTON NORMAL ELEMENTI — kuchlanishni aniq oʻlchaydigan galvanik element. Uning elektr yurituvchi kuchi 20° da 1,0183 voltga teng. Elektrokimyoda turli sistemalarning elektr yurituvchi kuchlarini tenglashtirish usuli bilan oʻlchashda ishlatiladi. Elementning manfiy elektrodi kadmiy (kadmiy havoda oksidlanadi, shuning uchun 10% kadmiy b-n 90% simob qotishmasi ishlatiladi), musbat elektrodi simob (N)-sulfat b-n qoplangan simob, elektroliti esa kadmiy … Читать далее