BAYONIY

BAYONIY (taxallusi; asl ismi Muhammad Yusufbek Bobojonbek ugʻli) (1858 — Xiva — 1923) — Oʻzbek shoiri, tarixchi, musiqashunos, xattot va tarjimon. Xivadagi Shergʻozixon madrasasida tahsil koʻrgan. Suls, kufiy, rayhoniy, shikasta xatlarini yaxshi bilgan, tanbur chertish va gʻijjak chalishda mohir boʻlgan. Bayoniyning bir devoni, Xorazm tarixiga oid ikki asari va tarjimalari saqlangan. U mumtoz sheʼriyatning deyarli … Читать далее

VINILLASH

VINILLASH — organik birikmalar molekulasiga vinil guruhi — SN=SN2 kiritish. Eng muhim vinillovchi moddalar — atsetilen NS=SN, vinilgalogenidlar SN2=SNX (X-galogen) va vinilmagniybromid (Norman reaktivi) CH2=CHMgBr. Sanoatda atsetilen bilan Vinillash natijasida spirtlardan oddiy vinil efirlar, karbon kislotalardan esa murakkab efirlar, mas., vinil-atsetat olinadi. Sianid kislota (HCN) ni Vinillashda akrilonitril, vodorod xloridni Vinillashda vinilxlorid, atsetilenning oʻzini Vinillashda … Читать далее

VILYUY

VILYUY — Sharqiy Sibirning gʻarbidagi daryo, Lenaning chap irmogʻi. Oʻrta Sibir yassitogʻligidan boshlanib Yakutsk sh. dan 300 km oʻtgach, Lena daryosiga quyiladi. Uz 2650 km, havzasining mayd. 454 ming km2. Yuqori va quyi oqimlari keng vodiydan osoyishta oqadi. Vilyuy qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 1480 m3/sek. Okt. ning oʻrtalaridan mayning oʻrtalarigacha muzlab … Читать далее

BADEN-VYURTEMBERG

BADEN-VYURTEMBERG — GFRning jan.-gʻarbidagi yeri. Mayd. 35,7 ming km2. Aholisi 9,8 mln. kishi (1991). Maʼmuriy markazi — Shtutgart sh. B.-V. yer yuzasi oʻrtacha balandlikdagi togʻlar, Reyn va Dunay daryolari havzasida. Relyefi pasttekislik (Yuqori Reyn), qirlar, oʻrmonli togʻlar (Shvarsvald), soyliklardan iborat. Jan. da Boden koʻli bor. Yiliga 700 mm yogʻin yogʻadi. Asosiy daryolari Reyn va uning … Читать далее

BADAL

BADAL (arab.) — 1) biror narsa evaziga toʻlanadigan haq, narsaning qiymatiga muvofiq keladigan, oʻrnini bosa oladigan boshqa biror narsa; 2) biror tashkilot, jamiyat va sh. k. ga aʼzo boʻlgan shaxsning mazkur tashkilot, jamiyatta toʻlagan yoki davriy toʻlab turadigan puli, aʼzolik haqi. Пост Навигацияси

VIZILDOQ QOʻNGʻIZLAR

VIZILDOQ QOʻNGʻIZLAR (Carabidae) — yirtqich qoʻngʻizlar kenja turkumi oilasi. Uz. 12—90 mm, tanasi odatda choʻziq, moʻylovlari koʻpincha ipsimon, oyoklari uzun, yuguruvchan. Ustqanotlari koʻpincha choklar orqali oʻzaro yopishib ketgan, ostqanotlari rivojlanmagan. Rangi aksariyat hollarda qora yoki qoʻngʻir, metallga oʻxshash yaltiroq, iazan chipor. Koʻpchilik turlarida himoya suyuqligi ishlab chiqaradigan anal bezlari boʻladi. Vizildoq qoʻngʻizlar tuproqda va uning … Читать далее

BABUGAN-YAYLA

BABUGAN-YAYLA — Qrim togʻlarining Bosh tizmasidagi eng baland togʻ, Gurzuf va Alushta oraligʻida. Oʻrtacha bal. 1000—1400 m, eng baland joyi 1545 m (Roman-Kosh). Yuqori yura davrining ohaktoshlaridan tarkib topgan. Karst hodisasi tufayli yer yuzasi oʻnqirchoʻnqir boʻlib ketgan. Yon bagʻirlari oʻrmon bilan qoplangan, togʻ tepasi toshloq va oʻtloq. Yon bagʻrida Qrim qoʻriqxona – ov xoʻjaligi joylashgan. … Читать далее

VIDIKON

VIDIKON (video…va yun. likon — tasvir) — fotooʻtkazuvchi nishonli uzatuvchi televizion trubka; telekameraning asosiy elementi. Ichki fotoeffekt yordamida obyektning optik tasvirini elektr signaliga aylantiradi. Vidikon tarqatuvchi va sanoat televideniyesi tizimida uzatuvchi trubkaning asosiy turi. Vidikonning asosiy elementi nishon; u shaffof oʻtkazgich taglikka oʻtkazilgan yupqa qatlamli yarimoʻtkazgichli fotoqarshiliklar majmuidan iborat. Dastlabki Vidikon larning nishoni SbS3 dan … Читать далее