BAKIROVA Oybarchin Abbosovna

BAKIROVA Oybarchin Abbosovna (1950.27.6, Andijon) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti (2000). Abbos Bakirov va Qamara Burnashevalarning qizi. Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1971). 1971— 72 y. lar Kattaqoʻrgʻon drama teatrida ishlagan. 1973-y. dan «Oʻzbekfilm» kinostudiyasining aktrisasi. Kinodagi eng yaxshi rollari: Surayyo («Orzular ogʻushida…»), vrach Valiyeva («Kasalxona»), Sarviniso («Vodillik kelin»), Xolida («Marhumga hurmat»), … Читать далее

VITVATERSRAND

VITVATERSRAND — dunyodagi eng yirik oltin-uranli havza (kon). JAR hududida (Transvaal va Oranj provinsiyalari) joylashgan. 1884 – y. da ochilgan. 1886-y. dan ekspluatatsiya qilina boshlagan. 1952-y. dan yoʻl-yoʻlakay uran olinmoqda. 1980-y. gacha kondan 36 ming t oltin olingan. Bu esa iqtisodiy rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda olingan oltinning qariyb 1/3 qismini tashkil etdi. Oltinning umumiy zaxirasi … Читать далее

VISLA

VISLA — Polshadagi eng katta daryo. Uz. 1047 km, havzasining mayd. 198,5 ming km2. Gʻarbiy Karpat (Sileziya Beskidi) togʻlaridan boshlanib, Boltiq dengizining Gdansk qoʻltigʻiga delta hosil qilib quyiladi. Yirik irmoqlari: oʻngdan — Dunayes, Visloka, San, Gʻarbiy Bug va b. ; chapdan — Pilitsa, Brda. Visla boshlangan joyidan 40 km gacha togʻ orasidan, Pshemsha bilan qoʻshilgach … Читать далее

VIRULENTLIK

VIRULENTLIK (lot. virulentus – zaharli) — mikroorganizmlarning kasallik qoʻzgʻatishi. Virulentlik faqat kasallik qoʻzgʻatuvchi (patogen) organizmlar turlariga xos boʻlib, patogen tur bir yoki bir guruh biotiplar, oʻsimlik navi yoki hayvon zotida tanlab kasallik qoʻzgʻatish xususiyati bilan belgilanadi. Mas., vilt kasalligini qoʻzgʻatuvchi vertitsillium avlodiga mansub V. dahliae Kleb. zamburugʻi koʻpgina ekinlar uchun virulent hisoblanib, ularning soʻlishiga sabab … Читать далее

BAIYA

BAIYA — Braziliya shim.-sharqidagi shtat. Mayd. 567 ming km2. Aholisi 11,7 mln. kishi (1990). Maʼmuriy markazi — Salvador sh. Braziliya yassitogʻligining sharqiy qismida, San-Fransisku daryosi havzasida joylashgan. Mamlakatning eng koʻp neft qazib oladigan va qayta ishlanadigan hamda olmos olinadigan shtati. Yirik Paulu-Afonsu GES ishlab turibdi. Shtat jan. da kakao, tamaki, shakarqamish plantatsiyalari bor. Oziqovqat, toʻqimachilik, … Читать далее

VINYA-DEL-MAR

VINYA-DEL-MAR — Chilidagi shahar, Tinch okean sohilidagi port. Valparaiso aglomeratsiyasi tarkibida. Aholisi 305 mingdan ziyod kishi (1990y. lar oʻrtalari). T. y. stansiyasi. Kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, shahar yaqinida neft z-di bor. Iklim kurorti va turizm markazi. Shaharga 1874-y. asos solingan. Пост Навигацияси

BAZEL

BAZEL — Shveysariyaning shim. chekkasidagi shahar, Bazel-Shtadt yarim kantonining maʼmuriy markazi. Fransiya — GFR chegarasi yaqinida, Reyn daryosidagi port. Aholisi 170 ming kishi (1990, shahar atrofi bilan 360 ming), koʻpchiligi nemis tilida soʻzlashadi. Bazel kattaligi jihatdan mamlakatda 2-oʻrindagi shahar. Xalqaro aeroport bor. Yirik savdo, moliya va sanoat hamda madaniyat markazi. Kimyo, poligrafiya, mashinasozlik, qurilish va … Читать далее

VINT

VINT (nem. Gewinde — qirqma, rezba) — 1) rezbali silindrik sterjen. Mashina va stanoklarning qismlarini harakatlantirish (yurgizish vinti) uchun moʻljallangan, detallarni bir-biriga biriktirish (biriktirish vinti) uchun ishlatiladigan xillari boʻladi. Birinchisida Vint vintli uzatmaning yetakchi zvenosi hisoblanadi. Yetaklanuvchi zveno yetakchi zveno rezbasiga monand rezba kesilgan reykadan iborat boʻladi. Ikkinchisida sterjenga tashqi rezba kesiladi, kallagida shlitsa (buragich, … Читать далее