BAROMETR

BAROMETR (yun. baros — ogʻirlik – metr) — atmosfera bosimini Oʻlchashda ishlatiladigan asbob. Turli xillari bor: 1) simobli Barometr ; gidrostatik qonunlariga asoslanib yasalgan; 2) metall Barometr yoki aneroid; qattiq jismning elastikligiga asoslanib yasalgan; 3) gipsotermometr yoki termobarometr; suyuqlik qaynash t-rasining tashqi atm bosimiga bogʻliqligiga asoslanib yasalgan; 4) gaz B. ; gazlarning elastiklik xossasiga asoslanib … Читать далее

GABBRO

GABBRO (Italiyaning Livorno sh. jan. dagi joy nomidan) — asos tarkibli magmatik tog jinslari. Deyarli bir xil mikdorda asosli plagioklazlar, piroksenlaraai tashkil topgan. Oddiy Gabbro plagioklaz va monoklinli piroksendan iborat. Turi koʻp. Plagioklaz va rombik piroksenli turi norit, plagioklaz va olivinli turi traktolit deyiladi. Plagioklazga boy Gabbro (85—90%) plagioklazitlar nomi bilan maʼlum. Labradorit turi faqat … Читать далее

BARKLAY-DE-TOLLI

BARKLAY-DE-TOLLI Mixail Bogdanovich (1761 — 1818) — rus sarkardasi, 1812-y. gi Fransiya-Rossiya urushining qahramoni, generalfeldmarshal (1814), knyaz (1815). U shotlandlar av-lodidan boʻlib, Liflyandiya gubernyasida (Boltiq boʻyi) harbiy xizmatchi oilasida tugʻildi. Barklay-de-tollide-T. rus-turk urushida (1787 — 91), russhved urushlarida (1788 — 90 va 1808 — 09) qatnashdi; u, ayniqsa, Fransiyaga qarshi olib borilgan urushda (1806 — … Читать далее

GOʻROʻGʻLIXON

GOʻROʻGʻLIXON — «Goʻroʻgʻli» turkumidagi dostonlarni jamoat oʻrtasida qiroat bilan oʻquvchi, yoddan aytuvchi kishi. Goʻroʻgʻlixonlar xalq baxshi-shoirlari kabi asarga ijodiy yondashmaganlar — versiya, variant yaratmay, kitobda yozilganini yod olib, xonandalar singari kuylaganlar. Bu jihatdan ular qissaxonlarga yaqin turadi. 19-a. ning 2-yarmi va 20-a. ning boshlarida Sulton shoir (Samarqand viloyati), Nishon ota (Toshkent viloyati) kabi mashqur Goʻroʻgʻlixonlar … Читать далее

BARIY XLORID

BARIY XLORID, VaS12 — tuz; odatdagi sharoitda uchraydigani — digidrat VaS12-2N2O rangsiz kristall modda boʻlib, os-(925° gacha turgʻun) va R-(925° dan 961° gacha turgʻun) modifikatsiyalari maʼlum. Suyuqlanish t-rasi 961°, qaynash t-rasi 2047°, zichligi 3856 kg/m3. 100° gacha qizdirilganda suvini yoʻqotadi. Suvda yaxshi (20° da 100 g N2O da 35,7 g), spirtda oz eriydi. Bariy xlorid … Читать далее

GOʻNG

GOʻNG — mahalliy organik oʻgʻit; otxona, molxona va qoʻy qoʻralaridan chiqadi. Tarkibida oʻsimliklar uchun zarur boʻlgan azot va kul elementlari bor. Organik modda (G. quruq moddasining asosiy qismi) tuproq tarkibini, uning suv va havo rejimini, fizik, kimyoviy xususiyatlarini yaxshilaydi. Goʻng dagi Sa va Mg tuproq kislotaliligini kamaytiradi. Foydali mikroorganizmlar uning biologik faoliyatini oshiradi. Goʻng oʻsimliklarda … Читать далее

VUPPERTAL

VUPPERTAL — GFR dagi shahar. Shim. Reyn-Vestfaliya yerida, Vupper daryosi boʻyida. Aholisi 372,4 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Muhim transport yoʻllari tuguni. Germaniyadagi toʻqimachilik sanoatining yirik markazi. Toʻqimachilik mashinasozligi, elektrotexnika asboblari, kimyo-farmatsevtika, qogʻoz, rezina sanoati rivojlangan. Vuppertal 1929—30 y. lar-da Barmen, Elberfeld va b. shaharlarning qoʻshilishidan vujudga kelgan. Пост Навигацияси

BARDIN

BARDIN (Bardeen) Jon (1908 – 1991) — amerikalik fizik, AQSH Millim akademiyasi aʼzosi, Illinoys unti prof. (1951-y. dan). Birinchi tranzistorni yaratdi (1948, U. Bratgeyn b-n birgalikda). Oʻta oʻtkazuvchanlikning mikroskopik nazariyasi mualliflaridan biri (1957). Bardin fizika boʻyicha ikki marta Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan yagona olim (1956, U. Bratteyn va U. Shokli b-n birgalikda; 1972, L. Kuper … Читать далее

GES KASKADI

GES KASKADI — bitta daryo yoki suv havzasiga pogʻonali tarzda qurilgan va umumiy suv xoʻjaligi rejimi bilan bogʻlangan gidroelektr stansiyalar majmui. GES k. daryoning energetik resurslaridan toʻlaroq foydalanishga, GES quvvatini oshirishga, manyovrchanlik sharoitini yaxshilashga imkon beradi. GES k. qurilishi katta daryolarda transport qarakatini ham yaxshilaydi. Mas, VolgaKama (Rossiya) va Dnepr (Ukraina) GES k. Kaspiy, Azov, … Читать далее

VUJUDIYUN

VUJUDIYUN — oʻrta asr Yaqin va Oʻrta Sharqda keng tarqalgan falsafiy taʼlimot; panteistik (q. Panteizm) dunyoqarashni ifodalaydi. Unga koʻra, Alloh va real borliq bir butun vujud — mavjudotni tashkil etadi. Alloh va borliqni bir-birisiz tasavvur etib boʻlmaydi, ular sabab-oqibat shaklida bir-biri bilan uzviy bogʻlangan. Vujudiyun taʼlimoti turli mutafakkirlar tomonidan turli mazmunda talqin qilingan. Пост Навигацияси