BURJUAZIYA

BURJUAZIYA (frans. bourgeoisie — shaharliklar) — savdo, sanoat, kreditmoliya va b. tadbirkorlik faoliyati natijasida daromad oluvchi ijtimoiy sinf. B. anʼanaviy jamiyat qaror topgan sharoitda, 16—20-a. lardagi inqilob va islohotlar natijasida yuzaga kelib, muhim iqtisodiy va siyosiy taʼsirga ega boʻldi, sanoatlashgan jamiyat va bozor iqtisodiyoti, liberalizm va demokratiya qadriyatlari qaror topishiga koʻmaklashdi. Rivojlangan mamlakatlardagi Burjuaziya yirik moliya va sanoat B. sidan (unga boshqaruvchilarning oliy qatlami ham kiradi), sarmoyadorlik va tadbirkorlik vazifalarini birga qoʻshib, ish yurituvchi oʻrta Burjuaziya qatlamidan hamda mayda Burjuaziyadan tashkil topgan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda Burjuaziya turli qatlamlarining shakllanishi jamiyatni modernizatsiya qilish jarayoni b-n bevosnta bogʻliqdir. Sotsialistik tuzum oʻrnatilgan mamlakatlarda Burjuaziya sinf sifatida tugatilgan edi. Bunday mamlakatlarda bozor iqtisodiyoti va fuqarolar jamiyatining shakllanishi jarayonida xususiy mulkdorlar va tadbirkorlardan iborat ijtimoiy qatlam qayta tiklanmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x