BUQA BAQALAR

BUQA BAQALAR (Kaloula) dumsiz amfibiyalar turkumi urugʻi, tor opoli baqalar oilasiga mansub. Bu urugʻning 11 turi bor. B. b. Jan. Sharqiy Osiyo va Malayya arxipelagida tarqalgan. Bu urugʻning eng yirigi — hind buqa baqasi (K. pulchra), boʻyi 8 sm cha, gavdasi yapaloq — eni boʻyidan ikki baravar ortiq. Barmoklari orasidagi suzgich pardalari sust rivojlangan. Panjasida yerni kovlaydigan oʻtkir qirrali boʻrtmasi bor. Gavdasining usti toʻq boʻz rang, boshi qovoq rang, qorni qizgʻishsariq. Erkagining ovozi juda baland. Yomgʻir yoqqanda kechasi bilan tinmay qurillashi uzokdan eshitiladi. Tuxumini suvga qoʻyadi. Undan 2 haftadan soʻng itbaliq chiqadi. Buqa baqalar chumolilar, mayda kapalaklar va hasharotlar bilan oziqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x