BUQA BALIQLAR

BUQA BALIQLAR (Gobiidae) okunsimonlar turkumining oilasi. Uz. 10 mm dan 20—30 sm gacha. Qorin suzgichlari birlashib soʻrgʻichni hosil qiladi. 200 dan ortiq urugʻi va 600 ga yaqin turi bor, dengizlarning tropik va subtropik qismida uchraydi. Dengiz, okean, shoʻrlangan va chuchuk suv havzalari sohillari yaqinida hamda tubida hayot kechiradi. Qora dengiz va Kaspiy dengizida bubir Buqa baliqlar, maula Buqa baliqlar, sutsik Buqa baliqlar, Orol dengizida esa Buqa baliqlarning 6 turi uchraydi. Bahorda uya yasab uvildiriqtashlaydi. Uvildiriqni erkagi qoʻriqlaydi. Ayrim turlari (mas.,. yumaloq Buqa baliqlar, qum buqa baligʻi) ovlanadi.

Buqa bishvdar: malla buka baliq (yuqorida); sutsik buka baligʻi (pastda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x