BULAVIN QOʻZGʻOLONI

BULAVIN QOʻZGʻOLONI — Don, Soʻl qirgʻoq va Sloboda Ukrainasi va Oʻrta Volgaboʻyida Don kazagi K. A. Bulavin (taxm. 1660—1708) rahbarligida chor hukumatiga qarshi koʻtarilgan dehqonlar va kazaklar qoʻzgʻoloni (1707—09). Qoʻzgʻolonchilar Cherkassk, Saritsin va b. shaharlarni qoʻlga oldilar. V. V. Dolgorukiyning jazo armiyasi tomonidan ular bir necha marta magʻlubiyatga uchragach, boy kazaklar qoʻzgʻolondan chetlashishgan. K. A. Bulavin xoin yasovul S. Ananin tomonidan Cherkasskda oʻldirilgan (1708). Oʻrta va Quyi Volgada qoʻzgʻolon 1709-y. boshigacha davom etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x