BREVEFLORA kapsulasi

DO`STLARGA ULASHING:

Breveflora kapsulasi

#Бревефлора капсуласи

💊DORI SHAKLI : kapsula

💊TARKIBI : 👇

5 mlrd faol bakteriyalar shtammini saqlaydi.

💊TA’SIRIGA KO’RA 👇

Probiotik vosita

💊QO’LLANILISHI 👇

— Ichak mikroflorasini normallashtiradi.

— Ichakda ko’pgina zararli bakteriyalar ko’payishiga to’sqinlik qiladi.

— Ovqat hazm qiluvchi fermentlarni normal funksiyasini ta’minlaydi.

— Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda virusli infeksiyalar oqibatida kelib chiqqan diareyani davolashda qo’llaniladi.

— Chaqaloqlar , bolalar va kattalarda diareyani davolash uchun.

— Chaqaloqlar , bolalar va kattalarda ichak mikroflorasini normallashtirish uchun va mikroflora buzilish oqibatidagi ovqat hazm qilish buzilishi kabi xolatlarda.

— Antibiotiklar qabul qilish oqibatidagi diareyada qabul qilinadi.

— Qorin bo’shligi va kichik tos a’zolarining nurli terapiya oqibatidagi diareyada qo’llaniladi.

— Ichakni ta’sirlanish sindromida qo’llaniladi.

— Sog’lom immun tizimni bir me’yorda tutib turish uchun qabul qilinadi.

— Disbakteriozda qabul qilish buyuriladi.

💊QO’LLASH USULI VA DOZASI 👇

Kattalar va 12 yoshdan kattalar uchun kuniga 1 — 3 kapsulagacha qabul qilish buyuriladi.

2 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalar esa kuniga 1 kapsuladan 1 — 2 marta qabul qilishlari mumkin.

Chaqaloqlar va 2 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun kuniga 1 kapsuladan 1 marta qabul qilish buyuriladi.

Go’daklar yoki kapsulani yuta olmaydigan bolalarga kapsulani qobig’ini ochib , ichidagi kukunini osh qoshiqqa to’kib suv yoki sut bilan aralashtirib berishingiz mumkin.

Kapsulani ovqatlanish vaqtida ovqat bilan bir vaqtda qabul qilgan ma’qul.

🚫NOJO’YA TA’SIRI 👇

Nojo’ya ta’siri kam bo’lib , biroz meteorizm ( qorin dam bo’lishi ) kuzatilishi mumkin. Preparatni qabul qilish to’xtatilsa o’tib ketadigan holat hisoblanadi.

QO’LLASH MUMKINMAS 👇

Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda.

🔰ADMIN MASLAHATI 👇

Homiladorlik davrida shifokor bilan maslahatlashib keyin qabul qiling.

💉Qo’llash — retseptsiz

💉Ishlab chiqaruvchi — Hindiston

@FARMAKOLOGIYA_TTA

@KANAL_MUNDARIJASI

,,ТАБЛЕТКА » kanali

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x