BRENDI

BRENDI (gollandcha brandewijne — haydalgan vino) — uzum vinosini haydab olinadigan yoki achitilgan meva, rezavor meva sharbatidan tayyorlanadigan kuchli alkogol ichimlik. 16-a. da Fransiyaning Sharanta viloyatida paydo boʻlgan. Tayyorlash usuli va kuvvatiga koʻra 3 turga boʻlinadi; oʻtkir Brendi — achigan sharbat va uzum turpini distillab olinadi, tarkibida spirt miqdori 80— 90% ga boradi. Spirt qoʻshilgan vinolar tayyorlashda ishlatiladi. Grappa — sharbati presslab olingan uzum turpini havo kirmaydigan oʻralarda achitib, ikki marta haydash usuli bilan olinadi (spirt mikdori 70 — 80%). Distillangan suv qoʻshib alkogol ichimlik tayyorlanadi. Ch i n B. (tarkibida spirt mikdori 57—72%) faqat vino yoki achitilgan sharbatlardan tayyorlanib, yetilishi uchun muayyan muddat saqlanadi. Ichimlikning bu turi koʻpgina mamlakatlarda Brendi nomi b-n mashxur. Brendini i. ch. texnologiyasi xom ashyo distillash usuli va texnikasi, saqlash sharoitlari, muddati va b. ga bogʻliq. Odatda, Brendi dub bochkalarda kamida 3 yildan, markalisi 7 yildan koʻproq saqlab turiladi. Brendi uchun asosiy xom ashyo sifatida uzum sharbati ishlatiladi, lekin boshqa meva sharbatlaridan ham tayyorlash mumkin. Brendi koʻpgina mamlakatlarda ishlab chiqariladi. Fransiya, Italiya, Gretsiya, AQSH, Ispaniya B. ni eksport qiluvchi davlatlar qatoriga kiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x