BOSHQARUV TARTIBIGA QARSHI JINOYATLAR

BOSHQARUV TARTIBIGA QARSHI JINOYATLAR — Oʻzbekistonda maxsus boshqaruv tartibqoidalariga rioya qilmaslik, davlat muassasalari yoki jamoat birlashmalarining meʼyoriy ish faoliyatini buzishda yoxud hokimiyat vakillarining meʼyoriy faoliyat tartibiga tajovuz qilishda ifodalangan gʻayriqonuniy harakatlar. Odil sudlovga qarshi, xoʻjalik faoliyati va jamoat xavfsizligi sohasidagi jinoyatlar ham maʼlum darajada boshqaruv tartibiga tajovuz qiladi. Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlarni shartli ravishda subyektiga qarab, 2 guruhga boʻlish mumkin:

1) mansabdor shaxslar tomonidan sodir qilinadigan jinoyatlar (OʻzR JK, 205—210moddalar);

2) mansabdor boʻlmagan har qanday shaxslar tomonidan sodir qilinadigan jinoyatlar (OʻzR JK, 211 — 229moddalar).

Faqat 18 yoshga toʻlgan mansabdor shaxsgina gur1uhga kiruvchi jinoyatlarning subyekti boʻla oladi va uni ayblash uchun bu jinoyatlar faqat hokimiyat yoki mansab vakolati bilan bogʻliq holda sodir qilingan boʻlishi shart. Mansabdor boʻlmagan shaxslar bunday jinoyatlarning bajaruvchisi boʻla olmaydi, ammo ularda ishtirokchi sifatida qatnashishi mumkin. Maye, pora olish bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa (210modda, 2qism, «g» bandi), ularni ayblash uchun guruh aʼzolarining barchasi mansabdor shaxs boʻlishi, mansab vakolati yuzasidan pora beruvchining manfaatlari uchun muayyan harakatlarni bajara olishi, jinoyatlar mansabdor shaxslarning faqat hokimiyat yoki mansab vakolati bilan bogʻliq holda sodir qilingan boʻlishi shart.

Mansabdor shaxsning oʻz hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilishi, hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqishi, mansabga sovuqqonlik bilan qarashi, oʻz xizmat vazifasi yuzasidan bajarishi shart yoki mumkin boʻlgan harakatlarni qasddan bajarmasligi, gʻarazgoʻylik yoki boshqa manfaatlarni koʻzlab, rasmiy hujjatlarga bila turib, soxta maʼlumotlar va yozuvlar kiritishi, hujjatlarni qalbakilashtirishi yoki bila turib, soxta hujjatlar tuzishi va taqdim etishi, oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda pora olish i kabi harakatlari ham boshqaruv tartibiga putur yetkazadi. Mansabdor shaxsni mazkur jinoyatlarda ayblash uchun uning qilmishlari tufayli fuqarolarning huquklari yoki qonun bilan qoʻriklanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga jiddiy yoki koʻp mikdorda zarar yetkazilishi asos boʻla oladi (OʻzR JK, 205—210moddalar). Pora olishberishda vositachilik qilish, xizmatchini pora evaziga ogʻdirish, tovlamachilik bilan haq berishni talab etish, davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish, faoliyati taqyqlangan jamoat birlashmalari tuzish, yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari yoki namoyishlar oʻtkazish tartibini buzish, taqiqlangan ish tashlashga rahbarlik qilish yoki favqulodda holat sharoitida korxona, muassasa yoxud tashkilotlar ishiga toʻsqinlik qilish va b. ham (OʻzR JK, 211—229moddalar) belgilangan boshqaruv tartibini amalga oshirishga zarar yetkazadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x