BOKU NEFT-GAZ RAYONI

BOKU NEFT-GAZ RAYONIOzarbayjon Respublikasining Apsheron ya. o. va Kaspiy dengizining yarim orolga tutash akvatoriyasidagi nisbatan katta zaxiraga ega boʻlgan neftgaz konlari. Jan. Kaspiy neftgaz havzasiga mansub 80 dan ortiq kondan iborat. Neft konlari murakkab burmalanishga uchragan qatlamlar (braxiantiklinallar) orasida, baʼzan balchiq vulkanlarida, qum, qumtosh va gillardan tashkil topgan oʻrta pliotsen davri jinslarida joylashgan. Umumiy mayd. 8500 km2. B. n. g. r. da 20 mingga yaqin burgʻ qudugi kavlangan. Neft uyumlari 4500 m chuqurlikkacha boʻlgan qatlamlarda uchraydi. Konlar ishga solingandan buyen jami 1 mlrd. t dan ziyod neft qazib olingan. Apsheron ya. o. da neft oddiy quduqlardan jun usullar bilan juda qadimdan olib kelingan. 1869-y. da birinchi burgʻ qudugʻidan neft olina boshlanishi bilan neft sanoati ham rivojlana boshladi. 20-a. boshida Boku neft-gaz rayoni neft qazib olish boʻyicha dunyoda 1 oʻringa chikdi (1901-y. da 11,4 mln. t). Ammo 1 jahon urushi arafasida neft olish 7,7 mln. t ga tushib qoldi. 1920-y. largacha neft yuza qatlamlarda joylashgan faqat 6 ta kondan olingan. Keyinroq yangi konlar ochilib, nasosli va kompressorli usullar qoʻllanila boshladi. Neftni qayta ishlovchi korxonalar (asosan Bokuda joylashgan) ham qayta jihozlandi. 1940-y. da Ozarbayjon Respublikasida 22 mln. t neft qazib olindi (bu oʻsha davrda Ittifokda qazib olingan neftning 71%ni tashkil etdi). 1940-y. lar oxirida Kaspiy dengizi tubidan katta neft konlari («Neft toshlari», Darvin sayozligi va b.) topilib ishga tushirildi. Dengizdagi konlar quruqlik b-n estakadalar orqali tutashtirilgan. Hozir neft 7—8 ming m dan ortiq chuqurliklardan ham olinmoqda. Gaz kondensata va neftgaz k. ondensata konlari ham bor. Tabiiy gazning katta zaxirasi Qoradogʻ gazneft konida joylashgan. Gaz konlaridan foydalanish 1950-y. lar oxiridan boshlangan.

Boku neft-gaz rayoni nefti metannaften turiga mansub. Zichligi 849,0—920 kg/m3, tarkibidagi oltingugurt 0,13—0,39%, parafin 0,61—6,04% ni tashkil etadi. Gazning tarkibi 90—96% metan, 1,7 — 5,3% etan, 0,51,5% propan, 0,31,5% butan, 0,3—1,5% pentan va b. dan iborat.

Boku neft-gaz rayonida yangi yirik istiqbolli neftgaz konlari topildi. Gazning zaxirasi 16,5 mlrd. m3. Gaz konlaridan Ozarbayjonning sanoat shaharlariga gaz quvurlari tortilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x