Bojalar guruhi — Ey dilbarim

Ey dilbarim, dilimni yuz poraga bo`lma,
Yuz poraga bo`lma,
Ishqingda man aytay g`azal, ijrosiga o`yna,
Ijrosiga o`yna.

Har qadamda likirlaydi sochlarining burmalari,
Ko`zlariga yarashadi surib olgan surmalari.
Jim turib ham sevdiradi kulib qiyo boqishlari,
Ko`zlarimni qamashtirar etagidagi naqshlari.

Ey dilbarim, dilimni yuz poraga bo`lma,
Yuz poraga bo`lma,
Ishqingda man aytay g`azal, ijrosiga o`yna,
Ijrosiga o`yna.

Ko`nglim senga intizor, senda bitta gapim bor,
Hafsalamni qilma bekor, aytay senga “omon yor”.
Omon yor-ey, omon yor, go`zalim kel man tomon yor,
Shunday go`zal zamonda-ey, o`zim bo`lay senga yor.

Ey dilbarim, dilimni yuz poraga bo`lma,
Yuz poraga bo`lma,
Ishqingda man aytay g`azal, ijrosiga o`yna,
Ijrosiga o`yna. (x1+x2)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x