BOGʻLOVCHI MATERIALLAR

BOGʻLOVCHI MATERIALLAR (qurilishda) — suv qoʻshib qorishtirganda yopishqoq, xamirsimon muloyim massa hosil qilib, keyin toshdek qotadigan kukunsimon materiallar. Anorganik (mineral) va organik xillari bor. Anorganik Bogʻlovchi materiallar havoda qotadigan va gidravlik xillarga boʻlinadi. Havoda qotadigan Bogʻlovchi materiallar faqat ochiq havoda qotadi, namda esa qisman qotadi yoki umuman qotmaydi. Bularga ohak, gips, eruvchan shisha, gil va b. kiradi. Gidravlik Bogʻlovchi materiallar ochiq havodagina emas, balki nam va suvda ham qotadi. Bularga gidravlyugohak, portlandsement va b. kiradi. Bogʻlovchi materiallar yaxlit beton, yigʻma temirbeton konstruksiyalar va qorishmalar tayyorlashda ishlatiladi. Organik Bogʻlovchi materiallar (mas, bitum) asfaltga qoʻshiladi, tomlarni yopishda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x