Boboxon


Post Views:
83

Boboxon, Bobosulton (1582 yil vafot etgan) – Turkiston va Toshkent hokimi (1579 yildan). Navro‘z Ahmadxon (Baroqxon) o‘g‘li, Abdullaxon II ning ashaddiy raqibi. Otasi Baroqxon vafotidan so‘ng (1556 yil) Gadoy sulton bilan Samarqand hokimi bo‘lgan. O‘sha davrda Toshkentga Darveshxon hokim edi.

Buxoro bilan sulh tuzgan Darveshxonni zindonband (1574 yil) qilib, Toshkentni idora etgan. Boboxon Samarqandga 30 ming kishilik qo‘shin jo‘natgan, biroq bu qo‘shin Abulxayr sulton tomonidan mag‘lub etilgan. 1578 yil Boboxon katta qo‘shin bilan Zominga kelgan. Abdullaxon unga to‘satdan hujum qilib, qochishga majbur qilgan. Abdullaxon Turkistonga mulozimlarini yuborib Darveshxonni zindondan ozod qilgan va unga Toshkent taxtini qaytarib bergan. Toshkentda Abdullaxon yaxshi kutib olingan (1579 yil). Boboxon mang‘itlar yurtiga qochgan.

Boboxon elchi yuborib, tavba-tazarru qilgach, Abdullaxon unga Turkistonni bergan. Ammo oradan hech vaqt o‘tmay, Boboxon yana bosh ko‘tarib, Toshkentga yurish qilgan va Darveshxonni qatl ettirgan (1579). Abdullaxon zudlik bilan Toshkentga otlangan. Chirchiq bo‘yidagi jangda Boboxon yengilgan. Abdullaxon Toshkentni qamal qilgan, shaharliklar 10 ming kishilik ko‘ngilli lashkar to‘plab, mardonavor qarshilik ko‘rsatishgan. Nihoyat, Abdullaxon shaharni egallashga muvaffaq bo‘lgan. Boboxon cho‘lga yashiringan. 1580 yil Boboxon qozoq xonlaridan Haqnazarxonni yenggan, jangda Haqnazarxon halok bo‘lgan. Uning vorisi Shig‘ayxon va uning o‘g‘li Tavakkalxon Abdullaxon xizmatiga kelishgan. Tavakkal sulton boshchiligidagi qo‘shin bilan bo‘lgan jangda Boboxon o‘ldirilgan. Uning boshini Abdullaxonga keltirishgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/boboxon/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x