BOʻRI

BOʻRI — oʻzbek xalq ogʻzaki ijodida totemik obraz. Qad. manbalardan yetib kelgan rivoyatlarda Boʻri turk urugʻi avlodining davomchisi sifatida taʼriflanadi. «Ona boʻri» nomli afsonada tasvirlanishicha, qad. turklar goʻyo dushman tomonidan qirilgan turk urugʻi orasida tirik qolgan oʻn yoshli oʻgʻil bola va ona Boʻridan tarqalgan. «Boʻri», «Boʻri qiz», «Choʻloqboʻri» kabi ertaklarda talqin etilgan totemik Boʻri obrazi insonning xaloskori, uning himoyachisi sifatida tasvirlanadi. Keyinchalik totemik eʼtiqodlarga ishonchning yoʻqolishi tufayli ertaklarda («Boʻri bilan tulki», «Och boʻri», «Koʻy bilan boʻri», «Boʻri bilan ot» va b.) paydo boʻlgan. Boʻri yovuzlik, qonxoʻrlik, zulm va zoʻrlik, bosqinchilik timsoliga aylandi. Jahon, xususan uzbek badiiy ijodida Boʻri goh ijobiy, goh salbiy obraz sifatida namoyon boʻladi, ramziy maʼno kasb etadi. Poʻlkan shoirning «Yoldor boʻri» dostoni, M. Avezovning «Koʻk yol», Chingiz Aytmatovning «Qiyomat» romanlarida ijobiy maʼnoda tavsiflanadi.

1 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x