BOʻRI BAXSHI

BOʻRI BAXSHI — Sodiqoʻgʻli (1866 Fargʻona viloyati Dangʻara tumani Qumariq qishlogʻi —1954) — oʻzbek xalq dostonchisi. Boʻri baxshining otasi Sulton shoir nomi bilan tanilgan va Fargʻona vodiysi dagi mashhur bax shilardan boʻlgan. Boʻri baxshi dostonchilikni akasi Joʻra baxshidan oʻrgangan, asosan dutor joʻrligida kuylagan. Undan «Alpomish» dostonining varianti — «Masbachcha» dostoni yozib olingan. Boʻri baxshi zamonaviy mavzularda H«ormangiz», «Norin kanali», «Kanalta», «Dangasalar» va b. koʻplab termalar yaratgan. Toshkentda oʻtkazilgan xalq ijodkorlari olimpiadasida qatnashgan (1938).

Ad.: Mirzayev T., Xalq baxshilarining epik repertuari, T., 1979.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x