BIRONSOY RASMLARI

BIRONSOY RASMLARINurota togʻlari tarmogʻi (Qoratogʻ) dagi Bironsoy darasi qoyatoshlariga ishlangan tasvirlar; daraning ikki tomoni boʻylab 2,5—3 km masofaga choʻzilgan. 1967-y. da akad. Ya. Gʻulomov rahbarligidagi arxeologik ekspeditsiya (J. Kabirov boshliq guruhi) tomonidan topilgan. Rasmlarda odam, oʻqyoy, ot, it, tuya, echki, qoʻy, yovvoyi hayvonlardan tur (yovvoyi buqa, sigir), arxar, togʻ echkisi, bugʻu, toʻngʻiz, boʻri, tulki, ilon, qoplon, yoʻlbarslar tasvirlari aks etgan. Turli kattalikdagi (eng kattasi 1×1 m, eng kichigi bir necha sm) Bironsoy rasmlarining umumiy soni 2 mingdan ortiq. Asosan oddiy chiziklar, soya, narsalarning shakl koʻrinishi usulida qattiq buyumlar b-n uribchoʻkichlab, baʼzilari chizib, ishqalab ishlangan. Toshlar sathida ishlash jarayonida asboblarning dumaloq, bodomsimon choʻzinchoq, baʼzan toʻrtburchak shaklli izlari qolgan. Bironsoy rasmlari mazmuni jihatdan rangbarang: ov, chorvachilik (tuyachilik, yilqichilik)ka oid manzaralar, maishiy hayot, diniy eʼtiqod (zardushtiylik) bilan boglik lavhalar koʻpchilikni tashkil qiladi. Bironsoy rasmlarining eng qad. si mil. av. 3—2-ming yillikka mansub, shuningdek mil. av. 1-ming yillikka va mil. 1—7-a. larga oidlari ham anchagina. Bironsoy rasmlari shu yerda yashagan xalqning tarixi va madaniyati, urfodati, diniy eʼtiqodini oʻrganishda katta ilmiy ahamiyatga ega boʻlgan sanʼat obidasidir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x