BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING IQTISODIY VA IJTIMOIY KENGASHI

BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING IQTISODIY VA IJTIMOIY KENGASHI (EKOSOS) — BMTning asosiy organlaridan biri. Uning xalqaro va ijtimoiy hamkorlik sohasidagi vazifalarining ijrosi uchun masʼul tashkilot. BMT Bosh Assambleyasi saylaydigan 55 aʼzodan iborat; ularning uchdan biri har yili qaytadan, BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzolari bulgan davlatlar esa uzluksiz aʼzolar etib saylanadi. Oʻz vakolatlariga binoan iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, taʼlim, sogʻliqni saqlash va h. k. sohalarga oid xalqaro masalalar yuzasidan tadkiqotlar oʻtkazadi va maʼruzalartayyorlaydi; inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmatlashni ragʻbatlantirish maqsadida tavsiyalar ishlab chiqadi; BMT Bosh Assambleyasiga takdim etish uchun oʻz faoliyat doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha konvensiyalarning loyihalarini tayyorlaydi, mazkur masalalar yuzasidan konferensiyalar oʻtkazadi. Oʻz faoliyatida rivojlanayotgan mamlakatlarga iqgisodiy, texnikaviy va b. xil yordam koʻrsatish ishiga katta ahamiyat beradi. Oliy organi — sessiya boʻlib, u yiliga 2-marta: bahorda — NyuYorkda, yozda — Jenevada oʻtkaziladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x