BIRINCHI SIGNAL SISTEMASI

BIRINCHI SIGNAL SISTEMASI — tashqi va ichki muhit taʼsirotlari (yorugʻlik, tovush va h. k.) odam hamda hayvonlarning retseptorlarta taʼsir etganda, bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻida hosil boʻladigan nerv jarayonlari majmui. Birinchi signal sistemasi voqelikni sezgi va tuygʻular shaklida bevosita aks ettiradigan asosdir. Birinchi signal sistemasi terminini I. P. Pavlovjoriy etgan (1932). Uning taʼkidlashicha, hayvonlar koʻruv, eshituv va b. retseptorlarga taʼsir qiladigan taʼsirotlar tufayligina voqelikni sezib turadi. Odamda bevosita taʼsirotlarni idrok etadigan birinchi signal sistemasi va nutqni idrok etadigan ikkinchi signal sistemasi bor; bu ikkala signal sistemasi sifat jihatidan turlicha bulsada, bir-biri b-n chambarchas bogʻlangan, bir butun holda (oliy nerv faoliyati qonuniyatlari asosida) ishlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x