BIOMETRIYA

BIOMETRIYA (bio… va ..metriya) — biol. boʻlimi; biologik obyektlarni matematik (variatsion) statistika usullari bilan oʻrganadi. Biometriya asoslari 19a. oxirida ingliz olimlari F. Galton va K. Pirs asarlarida ifodalab berilgan. Biometriya biologiyannt turli soxalari (botanika, zoologiya, ekologiya, fiziologiya, genetika, mikrobiologiya va b.) hamda agronomiya va zootexnikada nazariy va amaliy masalalarni xal etishda muhim ahamiyatga ega. Biometriya usullari belgilari oʻzgaruvchan xarakterda boʻlgan eksperimental maʼlumotlarni ishlab chiqish uchun zarur. Asosan, tanlangan obyektlar majmuasi (toʻplamlar)ni hamda turli tanlanma parametrlarini taqqoslashda ishlatiladi. Maye, biologiktoʻplam (tur, zot, nav va b.) ni kuzatishda qayd etilgan belgilar taqsimlanish xarakterini oʻrganishda, muayyan belgining populyatsiyaga xos boʻlgan oʻrtacha kursatkichlardan chetlashgan aloxida xususiyatini aniklashda; ikki va undan ortiq biologik toʻplamlarni taqqoslash asosida ular oʻrtasidagi tafovutni baholash va b. da ishlatiladi.

Oʻrganilayotgan miqdorlar (mas, hosildorlik bilan uni taʼminlaydigan omillar) oʻrtasidagi bogʻliqlikni aniqlash va ular oʻrtasidagi (mas, urug ekilgandan to unib chiqqunga qadar ioʻlgan davrda ekinning rivojlanish tezligi bilan shu davrdagi oʻrtacha tra oʻrtasidagi) miqdoriy bogʻliqlikni topishning asosiy vositalari — korrelyatsion va regression tahlil usullari hisoblanadi. Bir qator oʻzgaruvchan omillarni (jumladan, ekin hosildorligi samarali tra yigʻindisi, koʻchatlar qalinligi, oʻgʻit normasi va b. tabiiy va i. ch. omillariga bogʻliq) hisobga olish zarur boʻlgan eksperimental masalalarni hal etishda statistik taxlil usuli juda koʻp omillar ichidan (turgʻun bogʻlanishlarni aniklash uchun) eng muhimini ajratib olishga imkon beradi. Baholash koʻplik regressiyasi tenglamasi yordamida bajariladi. Tajriba maʼlumotlari soni yetarli darajada koʻp boʻlgandagina natijalar aniq boʻladi. Hoz. zamon tadqiqotlarida tanlash usuli keng qoʻllanilmoqda, uning mohiyati qisman tanlashlar xususiyatlariga qarab butunning mikdoriy tavsifini aniqlashdan iborat. Dinamik jarayonlar (muvaqqat qatorlar)ni oʻrganish, bir yoki bir necha belgilarning irsiylanishini aniqlash katta amaliy ahamiyatga ega. Seleksiya, urugʻchilik va dehqonchilikning boshqa sohalarida matematik usullarni qoʻllash eksperiment va tajriba ishlari natijalarini nihoyatda aniqlikda asoslash va xulosalar chiqarishga imkon beradi (q. Variatsion statistika).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x