BILLUR SAROY

BILLUR SAROY (Grystal Palace) Londondagi inshoot. Muhandislik sanʼatining noyob namunasi. Gaydparkda Butunjahon koʻrgazmasi ochilishi munosabati bilan yagona nusxada qurilgan. Saroy 4 oy (26.9.1850 12.1.1851 )da Jozef Pekston (olim, bogʻbon) loyihasi asosida uch nefpi bazilika uslubida yigʻma temir boʻlaklari va shishadan hashamatli qilib bunyod etilgan. Uning asosiy nefi 563 m, eni 124 m, markaziy nefining bal. 19,5 m ni tashkil qilgan. Bino oldindan tayyorlangan boʻlaklar — temir ustunlar (3300 dona), shu ustunlarni oʻzaro biriktirib turgan temir fermalar va oynavand temir romlardan yigʻib barpo qilingan. Boʻylama modul sifatida 7,3 m oʻlcham qabul qilingan. Inshoottarxda andozaviy (standart) kataklarga boʻlingan. Katak asosini 122×25 sm oʻlchamli andozalashtirilgan shisha plitalar tashkil qiladi. Bu plitalar temir romlar ichiga olingan boʻlib, pavilyon sinchlarining orasiga shu romlar terib chiqilgan. Faqat inshootning usti yigʻma yogʻoch ravoqlar b-n yopilgan. Pavilyon binosi yangi texnikaviy uslubda yaratilganligi bilan hammani hayratga solgan va qurilish texnikasining istiqboli timsoli boʻlib qolgan. U oʻz salobati va billuriy taassurota tufayli Billur saroy nomini olgan. Koʻrgazma tugagach, Billur saroy Saydenxemga olib kelinib, qayta oʻrnatilgan. 1936-y. yongʻin natijasida vayron boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x