BILIRUBIN

BILIRUBIN — 1lot. bills oʻt (safro) va ruber — kizil], C33H63O4N4 — oʻt (safro)ning qizilsargʻish pigmenti; mol. m. 584,68. Qoʻngʻir kristall modda. Gemoglobinning parchalanishidan vujudgakeladi. Asosan jigarda ishlanib, oʻt bilan ichakka, qisman qonga oʻtib turadi. Biliverdinning fermentlar taʼsirida qaytarilishi yoʻli bilan hosil boʻladi. Umurtqali hayvonlar va odamning qon zardobida ozroq miqdorda Bilirubin bor. Oʻt yoʻllarida oʻt dimlanib qolganida va baʼzi jigar kasalliklarida qonda Bilirubin miqdori ortadi (sariqlik kuzatiladi) va siydikda Bilirubin boʻladi. Shuning uchun qon va siydikdagi Bilirubinni aniqlash kasallikka tashhis qoʻyishda muhim ahamiyatga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x