BESHURUGʻ — oʻrtapishar jaydari qovun navi. Palagi ingichka, shakli kalta, tuxumsimon (boʻyi 16—23 sm), ogʻirligi 1,5—2,5 kg, sirti och yashil, sertoʻr, sal tilim-tilim. Poʻsti qattiq, kam et (3,5— 4 sm), shirin. Urugʻxonasi katta, urugʻi oʻrtacha, sargʻish. Beshurugʻ tarkibida 12—12,5% qand bor. Hosildorligi 180—220 s/ ga. Hosili urugʻi unib chiqqandan soʻng 88—95 kunda pishib yetiladi. Beshurugʻ Fargʻona vodiysida koʻproqekiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые