BENZIDIN

BENZIDIN — (4,4-diaminodifenil), organik birikma, aromatik diamin. Mol. m. 184,23. Rangsiz yaltiroq kristallar. Havoda va yorugʻlik taʼsirida qorayadi. Suyuqlanish t-rasi 128°, qaynash t-rasi 401,7°. Suvda 0,4% (12°da), efirda 2,2% (15°da), etanolda 1,0% (80°da) eriydi. Karbon va mineral kislotalar bilan tuz hosil qiladi. Benzidinni birinchi marta N. N. Zimin gidrazobenzolni anorganik kislotalar b-n qizdirib olgan (1845). Sanoatda nitrobenzolni ishqoriy muhitda pyx bilan gidrazobenzolgacha qaytarib, uni mineral kislotalar taʼsirida izomerlash yoʻli b-n olinadi. Benzidin azoboʻyoqlar sanoatida xom ashyo sifatida, analitik kimyoda xrom, mis, oltin, qoʻrgʻoshin, simob va sh. k. ni aniqlashda ishlatiladi. Kanserogen xususiyati bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x