BAROQGOM QALʼASI

BAROQGOM QALʼASI — Qoraqalpogʻistondagi Oqchadaryo mansabining shim. dagi kalʼa xarobasi (4 — 5 – a. lar). S. P. Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyasi tekshirgan (1945 — 46,1949,1956). Baroqgom qalʼasi ikki qavatli qasr (18×17 m) va hovli (100×100 m) dan iborat. Hovli markazidagi qasr binosi xom gʻisht va paxsadan qurilgan. Ikkala qavatda ham bir nechtadan xona joylashgan. Ikkinchi qavatga pandus (koʻtarma yoʻl) orqali chiqilgan. Ikkinchi qavatidagi hashamatli xona (8,10×7,60 m)da tokchalar va keng supalar boʻlgan. Supalar sathidan rangdor jun gilam qoldiqlari topilgan. Xona oʻrtasida xom gʻishtdan ishlangan toʻrtburchak tarxli otashgoh boʻlgan. Baroqgom qalʼasidan sopol idish (xumcha, koʻzacha va b.)larning boʻlaklari, manqal topilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x