Baqlajonli sho‘rva

DO`STLARGA ULASHING:

Kerakli mahsulotlar: 2 dona baqlajon, 2 dona pomidor, 1 dona piyoz, 3 bo‘lak sarimsoq, 300 ml suv va sabzavot buloni, 300 ml kokos suti, 1 choy qoshiq yefir moyi, 50 gramm yumshoq pishloq, ta’bga ko‘ra tuz va garmdori, sabzavotlarni moylash uchun zaytun yog‘i

Tayyorlanish vaqti: 1 soat

Miqdori (porsiyasi): 4

Tayyorlanishi:

  1. Baqlajon uzunasiga to‘rt bo‘lak qilib kesiladi.
  2. Pomidor o‘rtasidan ikkiga bo‘linadi.
  3. Piyozni to‘rt bo‘lakka ajratiladi.
  4. Sarimsoqning po‘sti tozalanadi.
  5. Sabzavotlarni tovaga solib, zaytun yog‘i bilan aralashtiriladi. 40 daqiqa 210 gradusda toblab pishiriladi.
  6. Pishgan baqlajonning po‘sti ajratiladi.
  7. Baqlajonning laxm qismi, pomidor, piyoz va sarimsoq idishga solinib, suv quyiladi, so‘ngra efir moyi qo‘shilib, tuz va murch sepiladi. 20 daqiqa qaynatiladi.
  8. Sho‘rva quyuq holatga kelgunicha tarkibidagi mahsulotlar maydalanadi.
  9. Kokos suti qo‘shib isitiladi, lekin qaynatilmaydi.
  10. Suzishdan oldin pishloqni to‘g‘rab sho‘rvaga solinadi.

Ozodaxon Ahmadqulova tayyorladi.

soglom.uz/tavsiya/baqlajonli-shorva/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x