Axloq tarbiyasi

Axloq tarbiyasi: insonlarga eng muhim, ziyoda sharaf, baland daraja berguvchi axloq tarbiyasidur. Biz avvalgi darsda tarbiya ila dars orasida farq bor, deduk, chunki dars oluvchi-biluvchi, tarbiya oluvchi-amal qiluvchi demakdur. Shuning uchun tarbiya qiluvchi muallimlarning oʻzlari ilmlariga omil boʻlub shogirdlarga ham bergan darslarini amal ila chaqushturub oʻrgatmaklari lozimdur. Bu ravishi taʼlim ila berilgan dars va maʼlumot shogirdlarning diliga tez taʼsir qilub, mulloyi boamal boʻlurlar.

Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: “Eng yomon kishilar ilmiga amal qilmaydurgan kishilar”, – demishlar. Agar tarbiya qiluvchi muallim oʻzi olim boʻlub amalsiz boʻlsa, buning ham shogirdlarning axloqiga zoʻr taʼsiri boʻladur. “Domlaning oʻzi falon joyda falon ishni qildi. Ammo bizlarga qilmanglar, haromdur, deb vaʼz etadur”, deb fikr va xayollariga boʻyla shak va shubha tushub qoladur.

 

BAYT

Minbar uzra jilva aylab vaʼz etarlar qilma deb,

Oʻzlarin xilvatda koʻrsang oni qilmoqda emish.

Ichma suv derlar biza oltun-kumush asbobda,

Bilsamiz maqsudlari qoʻltuqgʻa urmoqda emish.

 

Abdulla AVLONIY

 

“Turkiy Guliston yoxud axloq” kitobidan

https://saviya.uz/ijod/nasr/axloq-tarbiyasi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x